23.03.2010 yildagi 11-1028/1887-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq xizmati organining inkasso topshiriqnomasini haqiqiy emas deb topish yoki jarima toʻlash majburiyatidan ozod etish toʻgʻrisidagi nizolar xoʻjalik sudi sudloviga taalluqli emas
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Angren shahar dehqon bozori” MChJ xoʻjalik sudiga murojaat qilib, Angren shahar davlat soliq inspeksiyasining 2009-yil 6-noyabrdagi 120002143/1576-son inkasso topshiriqnomasini haqiqiy emas deb topishni va jamiyatni jarima toʻlash majburiyatidan ozod etishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud ajrimini bekor qilib, 3588700 soʻm jarima qoʻllash soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud ajrimini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, “Angren shahar dehqon bozori” MChJ xoʻjalik sudiga murojaat qilib, Angren shahar davlat soliq inspeksiyasining 2009-yil 6-noyabrdagi 120002143/1576-son inkasso topshiriqnomasini haqiqiy emas deb topishni va jamiyatni jarima toʻlash majburiyatidan ozod etishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 24-moddasi birinchi qismining 10-bandida undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar xoʻjalik sudi sudloviga taalluqli ekanligi belgilangan. Ammo davlat soliq xizmati organining inkasso topshiriqnomasini haqiqiy emas deb topish yoki jarima toʻlash majburiyatidan ozod etish toʻgʻrisidagi nizolar xoʻjalik sudi sudloviga taalluqli ekanligi belgilanmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining 1-bandiga koʻra, nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, ish yuritish tugatiladi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-son qarorining 19-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud ajrimini oʻzgarishsiz qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni kassatsiya instansiyasi sudida koʻrish bilan bogʻliq 5000 soʻm pochta xarajatlari javobgar zimmasiga yuklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2010-yil 23-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-1028/1887-son