28.04.2009 yildagi 21-0803/3587-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining xulosa qismida har bir daʼvo talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi lozim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyazot” OAJ xoʻjalik sudiga murojaat qilib, sud ijrochisining harakatlarini noqonuniy deb topishni, Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti Navoiy viloyat hududiy boshqarmasi (bundan buyon matnda sud ijrochilari viloyat boshqarmasi deb yuritiladi) va uning Navoiy shahar boʻlimidan (bundan buyon matnda sud ijrochilari shahar boʻlimi deb yuritiladi) 325624704 soʻm undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvo miqdorini 325624704 soʻmdan 359602028 soʻmga oʻzgartirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 25-avgustdagi hal qiluv qarori bilan sud ijrochilari viloyat boshqarmasidan daʼvogar foydasiga 359602028 soʻm undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 27-oktabrdagi qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgarishsiz qoldirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborish, kassatsiya shikoyati yuzasidan bildirilgan yozma fikrda esa sud qarorlarini oʻzgarishsiz qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest va yozma fikr vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud qarorlarini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, Navoiy viloyat xoʻjalik sudining 21-0402/1804, 21-0702/5614, 21-0702/5711, 21-0702/5845, 21-0705/6242, 21-0705/6244-sonli ishlari boʻyicha chiqarilgan sud hujjatlariga asosan sud ijrochilari shahar boʻlimi tomonidan ijro ishi qoʻzgʻatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiyazot” OAJ mazkur ijro ishlari yuzasidan 359602028 soʻm ijro yigʻimi noqonuniy undirilgan deb hisoblab, javobgarlardan ushbu qarzni undirishni hamda sud ijrochisining harakatlarini noqonuniy deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni koʻrishda protsessual huquq normalarining buzilishiga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sud ijrochisining harakatlarini noqonuniy deb topish haqidagi daʼvo talabi muhokama qilinmagan. Vaholanki, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 138-moddasining oltinchi qismiga asosan hal qiluv qarorining xulosa qismida har bir daʼvo talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, ish hujjatlarida faqat 34866000 soʻm ijro yigʻimini undirish haqida 2008-yil 16-yanvardagi memorial orderi mavjud. Ammo, sud 324736028 soʻm ijro yigʻimi undirilganligini asoslovchi dalillarni sud ijrochilari viloyat boshqarmasidan talab qilib olib, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 11-moddasiga koʻra tekshirmasdan, undan 359602028 soʻm undirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning hal qiluv qarori ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsagina, asoslantirilgan hisoblanadi. Hal qiluv qarori ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161-son qarorining 3-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi esa ushbu holatlarga huquqiy baho bermasdan, hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi sud ijrochisining harakatlarini noqonuniy deb topish haqidagi talabni muhokama qilib, 324736028 soʻm ijro yigʻimi undirilganligini asoslovchi dalillarni sud ijrochilari viloyat boshqarmasidan talab qilib olib va tekshirib, taraflarning vajlariga huquqiy baho berib, sud xarajatlarini undirish masalasini hal etib, toʻplangan dalillar yigʻindisi asosida qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 28-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-0803/3587-son