14.04.2009 yildagi 11-0921/545-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvo arizasi imzolanmagan yoki imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa, ish koʻrmasdan qoldiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Tayyorlovsavdo” MChJ nomidan X.Kadirova Oʻrtachirchiq tuman hokimligi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasiga nisbatan xoʻjalik sudiga murojaat qilib, shu inspeksiyaning 2008-yil 17-noyabrdagi 1-son bayonnomasini haqiqiy emas deb topishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida sud ajrimini bekor qilish va ishni yangidan koʻrish uchun yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud ajrimini bekor qilib, daʼvoni koʻrmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi protsessual huquq normalarini buzgan holda ishni koʻrib chiqqan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 88-moddasining 3-bandiga koʻra, daʼvo arizasi imzolanmagan yoki imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa, ish koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, daʼvo arizasini “Tayyorlovsavdo” MChJning direktori sifatida X.Kadirova imzolagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent viloyat sudi Rayosatining 2008-yil 29-sentabrdagi qarorida X.Kadirova “Tayyorlovsavdo” jamoa korxonasiga, shuningdek 2003-yilda ushbu korxona asosida qayta tashkil etilgan “Tayyorlovsavdo” MChJga noqonuniy rahbarlik qilganligi holati qayd etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jinoyat ishlari boʻyicha Yuqorichirchiq tuman sudining 2008-yil 24-dekabrdagi ajrimi bilan X.Kadirovaning 1997-yil 1-aprelda “Tayyorlovsavdo” jamoa korxonasida bosh hisobchi lavozimiga ishga qabul qilinib, 1999-yil 11-may kuni “Tayyorlovsavdo” jamoa korxonasiga direktor etib tayinlanishi toʻgʻrisida soxta bayonnoma tuzganligi, soʻngra mazkur bayonnoma asosida oʻzini mazkur korxonaga bosh direktor vazifasini bajaruvchi etib tayinlash haqida buyruq chiqarib, oʻzboshimchalik bilan korxona rahbarligini egallaganligi, 2004-yilda takroran soxta hujjat tuzib, tuman hokimligiga taqdim etib, mazkur hujjatlar asosida tuman hokimligining tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatga olish inspeksiyasi tomonidan 2004-yil 12-mart kuni “Tayyorlovsavdo” jamoa korxonasini masʼuliyati cheklangan jamiyatga aylantirganligi holatlari tasdiqlangan. Ushbu ajrim hozirgi paytda qonuniy kuchda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 60-moddasining toʻrtinchi qismiga koʻra, jinoyat ishi boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiy boʻlib, yuqorida bayon etilgan holatlar “Tayyorlovsavdo” MChJ nomidan xoʻjalik sudiga kiritilgan daʼvo arizasini X.Kadirova imzolash vakolatiga ega emasligidan dalolat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasida jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyat boshqaruvining oliy organi hisoblanishi, 30-moddasida esa jamiyat ishtirokchilarining umumiy yigʻilishi jamiyatning ijro etuvchi organlarini tuzish va ularning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish vakolatiga ega ekanligi, 32-moddasida jamiyat ishtirokchilarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi jamiyatning ustavida belgilangan hollarda, shuningdek agar bunday umumiy yigʻilishni oʻtkazishni jamiyatning va uning ishtirokchilarining manfaatlari taqozo etsa, boshqa hollarda ham oʻtkazilishi mumkinligi belgilangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 5-oktabrda jamiyatning va uning ishtirokchilarining manfaatlari taqozosi tufayli jamiyat ishtirokchilarining, yaʼni jamiyatning 10 nafar taʼsischilarining navbatdan tashqari yigʻilishi oʻtkazilgan va 2-son yigʻilish qarori bilan “Tayyorlovsavdo” MChJning rahbari etib, B.Saidnasimov saylangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati daʼvo arizasi “Tayyorlovsavdo” MChJning nomidan daʼvo arizasini imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan imzolangan deb topadi va shu munosabat bilan sud ajrimini bekor qilib, daʼvoni koʻrmasdan qoldirishni lozim deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 14-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-0921/545-son