24.03.2009 yildagi 18-0806/12300-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, daʼvo koʻrmasdan qoldiriladi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “Oʻzbekiston” xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati mol-mulkidan 22374 soʻm 94 tiyin soliq qarzini undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni rad etish, kassatsiya protestida esa hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest va shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilishni va daʼvoni koʻrmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlarga koʻra, daʼvogar xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, javobgarning 22374 soʻm 94 tiyin soliq qarzini javobgarning mol-mulkidan undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni koʻrishda protsessual huquq normalarining buzilishiga yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 59-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlash majburiyatlari bajarilishini taʼminlash choralari jumlasiga soliq toʻlovchiga davlat soliq xizmati organi tomonidan uning majburiyatini bajarish zarurligi hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan koʻriladigan choralar toʻgʻrisida yuborilgan talabnomasi kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 60-moddasining uchinchi qismiga koʻra, soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma pochta orqali buyurtma xat bilan yuborilgan taqdirda, u buyurtma xat topshirilganligi toʻgʻrisidagi kvitansiyada koʻrsatilgan sanada olingan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Kodeksning 61-moddasida qayd etilishicha, soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma soliq toʻlovchi tomonidan olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida soliq qarzi uzilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari uni ushbu Kodeksning 63-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining bank hisobvaraqlaridan soʻzsiz undirish choralarini qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda va ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning 64-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchiga uning debitorlari oʻtkazishi lozim boʻlgan summalarga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida yuridik shaxs soliq qarzini uzmagan taqdirda va agar ushbu moddaning birinchi hamda ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan choralarni qoʻllash natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, davlat soliq xizmati organlari undiruvni ushbu Kodeksning 65-moddasida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishdagi hujjatlardan koʻrinishicha, “Oʻzbekiston” uy-joy mulkdorlari shirkatining 2008-yil 26-may holatiga soliq va boshqa majburiy toʻlovlardan qarzi 22374 soʻm 94 tiyinni tashkil qilgan boʻlib, ushbu qarzni toʻlash haqidagi talabnoma Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi tomonidan javobgarga 2008-yil 12-avgustda pochta orqali yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq, Qarshi shahar davlat soliq inspeksiyasi qonunda belgilangan muddat oʻtmasdan va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 62-moddasida qayd etilgan soliq qarzini majburiy undirish choralarini koʻrmasdan, qonunda belgilangan talablarga rioya etmagan holda shu kunning oʻzida daʼvo arizasi bilan sudga murojaat qilgan. Natijada, daʼvogar qonunda belgilangan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etmagan. Aynan mana shu tartib buzilishi oqibatida shirkatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga putur yetkazilishiga yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 88-moddasining 5-bandiga asosan daʼvogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, daʼvo koʻrmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilishni hamda daʼvoni koʻrmasdan qoldirishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 24-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-0806/12300-son