07.10.2008 yildagi 10-08(16)10/3071-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmagani sababli ish yuritish tugatilgan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hamza tuman davlat soliq inspeksiyasi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, yakka tartibdagi tadbirkor A. Kogayga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 135-moddasining 2-bandiga asosan 11573000 soʻm, 135-moddasining 9-bandiga asosan 931500 soʻm, 135-moddasining 10-bandiga asosan 1863000 soʻm, jami 14367500 soʻm moliyaviy jarima qoʻllashni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 11-apreldagi hal qiluv qarori bilan javobgarga 2338900 soʻm moliyaviy jarima qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining 2008-yil 5-iyundagi qarori bilan hal qiluv qarori bekor qilinib, ish yangidan koʻrish uchun yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining 2008-yil 23-iyuldagi hal qiluv qarori bilan javobgarga 2338900 soʻm moliyaviy jarima qoʻllanilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, ish yuritishni tugatish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi A. Kogayga nisbatan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida moliyaviy jarimani notoʻgʻri qoʻllagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chilonzor tuman hokimligi Tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyasining 2008-yil 21-iyuldagi 1-08/1754-sonli maʼlumotnomasida yakka tartibdagi tadbirkorning tadbirkorlik faoliyati tugatilganligi toʻgʻrisidagi yozuv 112-son bilan Davlat reyestriga kiritilganligi A. Kogayga maʼlum qilingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ammo birinchi instansiya sudi uning tadbirkorlik faoliyati tugatilganligiga huquqiy baho bermasdan, moliyaviy sanksiya qoʻllagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik protsessual kodeksining 23-moddasiga muvofiq fuqaro, agar u yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatga olingan boʻlsa, xoʻjalik sudiga taalluqli nizoning qatnashuvchisi deb tan olinadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan, lekin davlat roʻyxatidan oʻtmagan fuqaro yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olmaydi va bunday shaxslar ishtirokidagi nizolar Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 23-moddasiga muvofiq xoʻjalik sudiga taalluqli emas. Agar fuqaroning yakka tartibdagi tadbirkor sifatida davlat roʻyxatidan oʻtganligining amal qilishi, xususan guvohnomaning amal qilish muddatining tugashi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligining bekor qilinganligi va hokazolar munosabati bilan tugatilganda ham, masala xuddi shunday tartibda hal etilishi lozim. Koʻrsatilgan fuqarolar ishtirokidagi, shu jumladan ularning oldingi tadbirkorlik faoliyati bilan bogʻliq ishlar xoʻjalik sudiga taalluqli emas. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 162-son qarorining 9-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 86-moddasining 1-bandiga koʻra nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa, ish yuritish tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayon etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilib, ish yuritishni tugatishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2008-yil 7-oktabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-08(16)10/3071-son