25.02.2009 yildagi 19-0802/3548-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir necha mustaqil talablardan iborat boʻlgan daʼvoning bahosi barcha talablarning summasi bilan belgilanishi lozim
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Usto Abrahmat bobo” fermer xoʻjaligi xoʻjalik sudiga daʼvo arizasi bilan murojaat qilib, “Rahmatullo oʻgʻli Muhammadi” fermer xoʻjaligini 18,0 ga yer maydonidan majburiy tartibda chiqarishni va yerning egallab olinishi natijasida yetkazilgan 2000000 soʻm miqdordagi zararni undirishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning 2008-yil 16-iyundagi ajrimi bilan ishga Sherobod tuman yer resurslari va Davlat kadastr boʻlimi jalb etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori bilan daʼvo talabining “Rahmatullo oʻgʻli Muhammadi” fermer xoʻjaligi tomonidan oʻzboshimchalik bilan egallab olingan “Usto Abrahmat bobo” fermer xoʻjaligining 18,0 ga yer maydonidan majburiy tartibda chiqarish qismi qanoatlantirilgan. Daʼvo talabining zararni undirish qismi rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish apellatsiya instansiyasi sudida koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya shikoyatida hal qiluv qarorini bekor qilib, daʼvo talablarini rad qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Protestda hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrishga yuborish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati ish materiallarini, kassatsiya shikoyati va protestida keltirilgan vajlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Sherobod tuman hokimining 2003-yil 29-maydagi 481-sonli qarori bilan “Navroʻz” shirkat xoʻjaligi hududining 1-49 sonli konturidan 608,2 ga yer maydoni 50 yil muddatga “Usto Abrahmat bobo” fermer xoʻjaligiga ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Sherobod tuman hokimining 2003-yil 10-sentabrdagi 668-sonli qarori bilan “Navroʻz” shirkat xoʻjaligi hududining 1-48 sonli konturidan 150,0 ga yer maydoni 50 yil muddatga “Joʻra oʻgʻli Rahmatullo” fermer xoʻjaligiga ajratilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogar oʻziga ajratilgan 18,0 ga yer maydoni “Rahmatullo oʻgʻli Muhammadi” fermer xoʻjaligi tomonidan noqonuniy egallangan deb hisoblab, uni yer maydonidan chiqarishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi ishni koʻrishda “Rahmatullo oʻgʻli Muhammadi” fermer xoʻjaligi oʻzboshimchalik bilan egallab olgan yer maydoni haqiqatan ham “Usto Abrahmat bobo” fermer xoʻjaligiga ajratilgan yer maydoni konturida ekanligini, hozirgi kunda ushbu 18,0 ga yer maydonidan kim foydalanayotganligi holatlarini toʻliq oʻrganmagan. Sherobod tuman yer resurslari va davlat kadastr boʻlimi mutaxassisining bergan koʻrsatmalari asosida daʼvoni qanoatlantirish haqida barvaqt xulosaga kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, sudga taqdim etilgan “Usto Abrahmat bobo” fermer xoʻjaligiga ajratilgan yer maydoni xaritasi va “Joʻra oʻgʻli Rahmatullo” fermer xoʻjaligiga ajratilgan yer maydoni xaritasi oʻrtasida tafovut bor yoki yoʻqligiga aniqlik kiritilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, birinchi instansiya sudi “Joʻra oʻgʻli Rahmatullo” fermer xoʻjaligini ishga jalb qilish masalasini hal etmagan. Vaholanki, ish hujjatlarida mazkur fermer xoʻjaligiga oid hujjatlar mavjud boʻlib, sud tomonidan ularga baho berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 92-moddasining ikkinchi qismida bir necha mustaqil talablardan iborat boʻlgan daʼvoning bahosi barcha talablarning summasi bilan belgilanishi taʼkidlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudi davlat boji undirishda daʼvo talabining yer maydonidan majburiy chiqarish qismi boʻyicha 208650 soʻm davlat boji undirib, daʼvo talabining 2000000 soʻm zararni undirish qismi boʻyicha davlat bojini undirish masalasini hal qilmasdan xatolikka yoʻl qoʻygan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi 61-moddasining birinchi qismiga koʻra, xoʻjalik sudi ishdagi mavjud dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolis tekshirishga asoslangan oʻz ichki ishonchi boʻyicha baholaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati birinchi instansiya sudi dalillarga yetarlicha baho bermasdan, daʼvoni qisman qanoatlantirish toʻgʻrisida barvaqt xulosaga kelgan deb hisoblaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra, sudlov hayʼati hal qiluv qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim deb topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi bayon etilgan kamchiliklarni bartaraf etib, nizoli boʻlgan 18,0 ga yer maydoni qaysi konturda joylashganligiga mutaxassislar ishtirokida joyida aniqlik kiritib, “Joʻra oʻgʻli Rahmatullo” fermer xoʻjaligini ishga jalb etish masalasini hal qilib, ishdagi toʻplangan dalillar yigʻindisi asosida qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 25-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-0802/3548-son