Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025 27.11.2015 yildagi 344-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.12.2025
Hujjat 09.12.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori

Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 18-fevraldagi PQ-2302-son qarorini bajarish yuzasidan, keksalar va nogironlarning reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan taʼminlanganligini oshirish, ularni jamiyatga integratsiyalashni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 1-iyuldagi 195-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 7-son, 60-modda) bilan tasdiqlangan Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilab qoʻyilsinki, nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi muhtoj shaxslarni ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari va kreslo-aravachalar bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining davolash-profilaktika muassasalari davolash-maslahat komissiyalarining tibbiy xulosalari asosida, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda oʻzlarining idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 27-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-son

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 27-noyabrdagi 344-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Fuqarolarni tibbiy-mehnat ekspert komissiyalarida tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. 38-banddagi “texnik vositalar va boshqa vositalar” soʻzlari “reabilitatsiyaning texnik vositalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 41 va 42-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“41. Harakatlanish vositalari bilan taʼminlash quyidagi koʻrsatkichlarga koʻra amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) xonaga moʻljallangan kreslo-aravacha quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NYNA boʻyicha III daraja/IV funksional klassdagi surunkali yurak yetishmovchiligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III daraja nafas olish yetishmovchiligi bilan asoratlangan nafas olish organlari kasalliklari, har qanday darajadagi qon aylanishi yetishmovchiligi bilan uygʻunlikda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jigar funksiyalarining namoyon boʻlgan buzilishi, portal gipertenziya va assit bilan birgalikdagi jigar kasalliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV daraja (terminal bosqich)dagi surunkali buyrak yetishmovchiligiga olib keladigan buyrak kasalliklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;

akinetik-rigid sindromi; keskin namoyon boʻlgan ataksiya, shu jumladan namoyon boʻlgan vestibulyar-miyacha buzilishlari; yaqqol namoyon boʻlgan giperkinetik buzilishlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;

ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;

oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish nuqsonlari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namoyon boʻlgan ogʻriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sayr qilish kreslo-aravachasi quyidagi istalgan holatlarda yoki kasallik asoratlarida tavsiya etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
gemiplegiya, namoyon boʻlgan gemiparez, namoyon boʻlgan pastki paraparez, paraplegiya, namoyon boʻlgan triparez, triplegiya, namoyon boʻlgan tetraparez, tetraplegiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aqliy zaiflikning, ruhiy kasalliklar (demensiya)ning ogʻir darajasi oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala tizzadagi va undan yuqoridagi amputatsiya choʻltoqligi, oyoq funksiyalari sezilarli buzilgan holdagi ikkinchi oyoqning amputatsiya choʻltoqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala tizza va bilak-kaft boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi IV darajali osteoartrozi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oyoqlar va tos suyaklari defekti, deformatsiyasi va tugʻma anomaliyasi (rivojlanish poroklari) oqibatida yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala oyoqning III-IV darajali tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarining deformatsiyalovchi artrozi, namoyon boʻlgan ogʻriq sindromi, keskin namoyon boʻlgan kontraktura, yurish va turishning namoyon boʻlgan buzilishlari bilan birga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkala tos-bel va (yoki) tizza boʻgʻimlarini endoprotezlashdan keyingi ogʻir asoratlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42. Muhtoj shaxslarni, shu jumladan nogironlik guruhiga ega boʻlmagan pensiya yoshidagi shaxslarni protez-ortopediya buyumlari, reabilitatsiyaning texnik vositalari hamda kreslo-aravachalar bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Moliya vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi”.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 48-son, 605-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.02.2022-y., 09/22/62/0111-son)