29.03.2013 yildagi SQ-377-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2012-yilda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N. Yoʻldoshevning 2012-yilda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axborotini tinglab va muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati shuni qayd etadiki, oʻtgan yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan norma ijodkorligi faoliyatida va huquqni qoʻllash amaliyotida yagona davlat siyosati roʻyobga chiqarilishini taʼminlash borasida muayyan ishlar qilingan. Oʻtkazilgan monitoringlar yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan davlat organlari tomonidan kompleks va aniq maqsadli chora-tadbirlar koʻrilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 24-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yilda davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qilish organlari va nazorat tuzilmalari tomonidan qonunlarning ijro etilishi holati toʻgʻrisidagi axboroti haqida”gi SQ-305-II-sonli qarorining amalga oshirilishi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri tomonidan 2012-yil 16-mayda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasini roʻyobga chiqarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2012-yilda masʼul davlat organlari bilan birgalikda 22 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilgan hamda 16 ta tashkiliy tadbir bajarilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning va mahalliy davlat hokimiyati organlarining norma ijodkorligi faoliyatini yanada takomillashtirish, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish, shuningdek qonuniylikni mustahkamlash boʻyicha tizimli ish amalga oshirilmoqda. Xususan, 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 44 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi, shu jumladan 12 ta qonun loyihasi ishlab chiqilgan, huquqiy targʻibot borasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlarining mazmun va mohiyatini, inson huquqlari va erkinliklarini, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida koʻrilayotgan choralarning ahamiyatini, shuningdek boshqa huquqiy masalalarni tushuntirishga qaratilgan 59 mingdan ortiq tadbir tashkil etilgan, normativ-huquqiy hujjatlarni aholiga oʻz vaqtida yetkazishga qaratilgan qoʻshimcha choralar koʻrilgan. 2012-yilda mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy hujjatlarini “Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi” (“LexUZ”) tizimiga kiritish borasidagi amaliyot yoʻlga qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2012-yilda qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish boʻyicha dasturda hamda “Mustahkam oila yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari sifatli va oʻz vaqtida ishlab chiqilishi ustidan doimiy monitoring amalga oshirib kelingan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, ayrim davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning qonun ijodkorligi hamda huquqni qoʻllash amaliyotida baʼzi muammolar va kamchiliklar mavjud boʻlib, ular mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligiga, umuman qonunchilikning holatiga jiddiy salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chunonchi, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan 1114 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasidan 377 tasi (25,3 foizi) sifatsizligi va qonunchilikka mos boʻlmaganligi sababli ishlab chiquvchilarga qaytarilgan. Ayni vaqtda vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning huquqiy ekspertizadan hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan 400 ta normativ-huquqiy hujjatidan 116 ta (28,8 foizi) hujjatni ularni taqdim etish tartibi buzilganligi, qonunchilikka mos kelmaydigan normalar mavjudligi, qonunchilik texnikasiga muvofiq boʻlmaganligi tufayli davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan. Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining 18 ta hujjatini, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining 16 ta hujjatini davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar tomonidan umummajburiy xususiyatdagi hujjatlarni qonun bilan belgilangan talablarni buzgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan qabul qilish va qoʻllash amaliyoti hamon davom etib kelmoqda. 2012-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi faoliyatida 23 ta ana shunday hujjat aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlarni amaldagi qonun hujjatlariga oʻz vaqtida muvofiqlashtirish borasidagi faoliyati talabga javob bermaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrilayotgan chora-tadbirlarga qaramay, mahalliy davlat hokimiyati organlarining qarorlarini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazmasdan qabul qilish amaliyoti davom etmoqda. Chunonchi, 2012-yilda huquqiy ekspertizadan oʻtkazmasdan qabul qilingan qarorlar soni Surxondaryo viloyatida 155 tani, Toshkent viloyatida 147 tani, Sirdaryo viloyatida 121 tani, Qashqadaryo viloyatida 50 tani, Toshkent shahrida 10 tani tashkil etgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va mahalliy davlat hokimiyati organlariga uslubiy koʻmaklashish maqsadida Mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, yuridik-texnik rasmiylashtirish va huquqiy ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ishlab chiqilib, norma ijodkorligi faoliyatida foydalanish uchun mintaqalarga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtgan yilda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 19 ta davlat organi tizimida 26 ta monitoring va nazorat tadbiri oʻtkazilgan. Monitoring jarayonida aniqlangan qoidabuzarliklar va kamchiliklarga ushbu idoralar zimmasiga qonun hujjatlari bilan yuklatilgan vakolatlar lozim darajada bajarilmaganligi oqibatida yoʻl qoʻyilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi faoliyatida ayrim hukm qilinganlar bilan profilaktika ishlarini olib borishga, ularni ishga joylashtirishga, jazo turini almashtirish haqida taqdimnomalar kiritishga va jazoni oʻtashdan boʻyin tovlayotgan hukm qilinganlarga nisbatan choralar koʻrishga yuzaki yondashish holatlari mavjud, voyaga yetmaganlar oʻrtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning profilaktikasi sohasidagi qonun hujjatlariga rioya etilmayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi organlarining umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga joylashtirishni tashkil etish borasidagi faoliyatini takomillashtirish talab etiladi, maktabgacha taʼlim muassasalari faoliyati lozim darajada muvofiqlashtirilmayotir va ular tomonidan davlat taʼlim standartlariga rioya etilishi ustidan monitoring amalga oshirilmayotir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi organlarining faoliyatida kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish jarayonida rasmiyatchilik holatlari va qonun hujjatlarini buzish hollari kuzatilmoqda. Chunonchi, qonun hujjatlariga muvofiq yakka tadbirkorlik mustaqil, xodimlar yollash huquqisiz amalga oshirilishiga qaramay, 2010-2011 oʻquv yili mobaynida Fargʻona viloyati kasb-hunar kollejlarining 144 nafar bitiruvchisi keyinchalik ular bilan mehnat shartnomalarini tuzish sharti bilan ishlab chiqarish amaliyotini oʻtash uchun yakka tadbirkorlarga yuborilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi organlarining faoliyatida voyaga yetmaganlar va ularning ota-onalari yoki ota-ona oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻrtasida sanitariya-gigiyena bilimlari hamda sogʻlom turmush tarzini lozim darajada targʻib qilish tashkil etilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi hududiy boʻlinmalarining moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish hamda ulardan foydalanish sohasidagi faoliyatida moddiy madaniy meros obyektlarini asrash boʻyicha joriy va istiqbolga moʻljallangan dasturlarni ishlab chiqish yuzasidan takliflar kiritilmaganligi, moddiy madaniy meros obyektlarida muhofaza belgilari oʻrnatilmaganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatida oʻrmonlarni yongʻindan lozim darajada muhofaza qilmaslik, ular sonini hisobga olishdan yashirish hollariga yoʻl qoʻyilgan, yongʻinlar natijasida yetkazilgan zararni undirish yuzasidan choralar koʻrilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi tomonidan oʻsimlik va hayvonot dunyosining davlat kadastrlari, shuningdek oʻsimlik va hayvonot dunyosi sohasida hisobot yuritilmaganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining ayrim hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari faoliyatida pensiya tayinlash uchun zarur boʻlgan ish stajini hisoblab chiqarish hamda tasdiqlashda, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni toʻlashni toʻxtatish hamda tugatishda qonun hujjatlarini, shuningdek fuqarolarning murojaatlari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollari uchramoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy davlat hokimiyati organlari qarorlarining qonuniyligini monitoring qilish natijasida mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ xususiyatdagi qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalariga taqdim etilmaganligi aniqlangan. Chunonchi, agar 2011-2012-yillarda 197 ta hokimlik tomonidan 718 ta normativ-huquqiy xususiyatdagi qaror qabul qilingan boʻlsa, shularning 334 tasi (46,5 foizi) huquqiy ekspertiza oʻtkazish uchun taqdim etilmasdan ijroga qaratilgan. Shuningdek, qator kamchiliklar aniqlangan boʻlib, ular normativ-huquqiy xususiyatdagi qarorlarni farmoyishlar shaklida qabul qilishda oʻz ifodasini topgan. Xususan, 2011-yilda va 2012-yilning yanvar — aprel oylarida Toshkent viloyatining viloyat va tuman hokimliklari 25 ta normativ-huquqiy xususiyatdagi qarorni farmoyishlar shaklida qabul qilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining normativ-huquqiy hujjatlarni, ular qoʻllanilishining majburiy sharti boʻlgan rasmiy nashrlarda eʼlon qilishga doir talabi bajarilmayotir. Masalan, Surxondaryo viloyatining tuman (shahar) hokimliklari tomonidan 2012-yilda 46 ta (65 foiz), Xorazm viloyatida 12 ta (37 foiz), Buxoro viloyatida 11 ta (39 foiz) normativ-huquqiy xususiyatdagi qaror rasmiy nashrlarda eʼlon qilinmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Monitoring yakunlari boʻyicha davlat organlaridagi yuridik xizmatlar faoliyatini yetarli darajada tashkil etmaslik holatlari ham aniqlangan. Xususan, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridagi, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi yuridik xizmatlarning oliy maʼlumotga ega boʻlish talab qilinadigan lavozimlarida oʻrta maxsus maʼlumotga ega boʻlgan 487 nafar xodim va boshqa mutaxassislikka ega boʻlgan 128 nafar xodim ishlayotganligi, 620 nafar yuridik xizmat xodimining malakasini oshirish boʻyicha choralar koʻrilmaganligi aniqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan attestatsiya natijalari boʻyicha 41 nafar yuridik xizmat xodimi attestatsiyadan oʻtmagan va ularga attestatsiyadan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarni berish rad etilgan, 594 nafar xodim attestatsiyadan oʻtish uchun tegishli hujjatlarni topshirmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida koʻrsatilgan qoidabuzarliklar va kamchiliklar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 616 ta taʼsir chorasi qoʻllanilgan boʻlib, shularning 381 tasi qoidabuzarliklarni, shuningdek ularni sodir etishga imkon beradigan sabablar hamda shart-sharoitlarni bartaraf etish haqidagi taqdimnoma, 85 tasi aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish toʻgʻrisidagi yoki jinoiy ish qoʻzgʻatish haqidagi taklif, 68 tasi koʻrsatma, 62 tasi ogohlantirish, 20 tasi sudga daʼvo arizasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarga huquqiy bazada aniqlangan boʻshliqlarni toʻldirish hamda ziddiyatlarni bartaraf etish boʻyicha 82 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish taklif etilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuqorida bayon etilganlardan kelib chiqib, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning huquqni qoʻllash va norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri N. Yoʻldoshevning 2012-yilda davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikning holati toʻgʻrisidagi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Yuqorida qayd etilgan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf etish hamda bundan buyon ularga yoʻl qoʻymaslik maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquqiy bazani tahlil qilish, shuningdek davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar faoliyatidagi qonuniylikni oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan qoidabuzarliklar va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakatimizda 2000-yilgacha qabul qilingan qonunlar amalga oshirilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlarini va maqsadli vazifalarini hisobga olgan holda inventarizatsiyadan oʻtkazilishini taʼminlash, inventarizatsiya yakunlari boʻyicha qonun hujjatlarini takomillashtirishga qaratilgan tegishli qonun loyihalarini qonunchilik tashabbusi tartibida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari yuridik xizmatlarining faoliyatini yanada kuchaytirish choralarini koʻrish, yuridik xizmatlar xodimlari attestatsiyadan oʻtishini va malaka oshirishini taʼminlash tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (B. Matlyubov) huquqbuzarliklarni profilaktika qilish boʻyicha ichki ishlar organlarining ishini takomillashtirsin, bunda huquqbuzarliklarning oldini olishga, fuqarolarning qonun normalariga ogʻishmay rioya etish sohasidagi huquqiy ongini oshirishga alohida eʼtibor bersin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi (U. Inoyatov) va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (B. Xodiyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumtaʼlim maktablari bitiruvchilarini akademik litseylar va kasb-hunar kollejlariga joylashtirish, shuningdek kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilarini ishga joylashtirishni tashkil etish boʻyicha ishni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlar bilan birgalikda yetim bolalar va ota-onalar qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarni taʼminlash, tarbiyalash va ularga taʼlim berish, shuningdek ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida ularni aniqlash, hisobga olish hamda joylashtirish yuzasidan qoʻshimcha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (A. Alimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bolalar oʻrtasida kasalliklarni, ayniqsa yuqumli va virusli kasalliklarni profilaktika qilish boʻyicha tadbirlar amalga oshirilishi ustidan taʼsirchan nazorat oʻrnatsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aholi, eng avvalo yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi, ular salomatligiga tahdid solayotgan alkogol va tamaki mahsulotlarini isteʼmol qilish bilan bogʻliq xatarlarning oldini olish hamda kamaytirish boʻyicha tushuntirish ishlarini kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sogʻliqni saqlash muassasalarining voyaga yetmaganlarga ambulatoriya-klinika yordamini koʻrsatish borasidagi ishini muntazam oʻrganib borsin va tugʻilayotgan muammolarni hal qilish boʻyicha amaliy chora-tadbirlar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi (M. Hojimatov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy madaniy meros obyektlarini hisobga olish, muhofaza qilish va ulardan foydalanish yuzasidan amaliy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz tasarrufidagi tashkilotlar faoliyatining moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanishga doir qismi tashkil etilishi ustidan nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi (Z. Roʻziyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmonlarni muhofaza qilish, qoʻriqlash, ulardan foydalanish va ularni qayta tiklash boʻyicha amaliy choralarni ishlab chiqsin hamda ijrosini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrmon fondi yerlaridan oqilona foydalanish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat oʻrmon kadastrini yuritish boʻyicha ishlarning holatini tanqidiy oʻrgansin, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining shu yoʻnalishdagi faoliyatini kuchaytirish borasida aniq choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi (N. Umarov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda oʻsimlik va hayvonot dunyosi toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atrof muhitga yetkazilgan zararni undirish boʻyicha qonun hujjatlariga muvofiq amaliy choralar koʻrsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat ekologik ekspertizasini oʻtkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishini tanqidiy oʻrganib chiqsin va davlat ekologik ekspertizasi xulosalari ijro etilishi ustidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (R. Azimov):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) boʻlimlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pensiyalar tayinlash uchun zarur ish stajini hisoblab chiqarish va tasdiqlash, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalarni tayinlash, toʻlashni toʻxtatish hamda tugatish, ularning miqdorini qayta hisoblab chiqarilishini taʼminlash ustidan nazoratni kuchaytirsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi tizimida fuqarolarning murojaatlari oʻz vaqtida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda koʻrib chiqilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (N. Yoʻldoshev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning norma ijodkorligi va uslubiy rahbarlik sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻrsin, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash sifatini oshirishga qaratilgan turkum davra suhbatlari va seminarlarni oʻtkazsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari yuridik xizmatlari xodimlarining majburiy attestatsiyasini oʻtkazish va malakasini oshirish haqidagi qonunchilik normalari oʻz vaqtida ijro etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat qiluvchi organlarning huquqni qoʻllash faoliyatida qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan tizimli nazoratni kuchaytirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy davlat hokimiyati organlarining normativ-huquqiy xususiyatdagi qarorlarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va rasmiy manbalarda eʼlon qilishning belgilangan tartibiga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan birgalikda yuridik xizmat faoliyatini samarali tashkil etish, yuridik xizmatni oliy yuridik maʼlumotga hamda tegishli malakaga ega boʻlgan kadrlar bilan toʻldirish boʻyicha choralar koʻrsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (N. Yoʻldoshev) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari axborotlari asosida ushbu Qarorni ijro etishning borishi toʻgʻrisida 2014-yilning 10-fevraliga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga umumlashtirilgan axborot taqdim etsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ushbu qarorning ijro etilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi (S. Artikova) zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2013-yil 29-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SQ-377-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 4-son, 111-modda)