16.06.2009 yildagi 10-0904/2494-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudlov hayʼatining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xoʻjalik sudi ishni koʻrishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Koʻchirma]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sogʻliqni saqlash vazirligi xoʻjalik sudiga murojaat qilib, “MEDIO-LYUKS” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2005-yil 12-avgustda berilgan 4827-tib-son litsenziyaning amal qilishini tugatishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Birinchi instansiya sudining ajrimi bilan ish yuritish tugatilgan va daʼvogardan 280200 soʻm davlat boji undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudining qarori bilan hal qiluv qarori oʻzgartirilib, daʼvogardan qoʻshimcha 200 soʻm davlat boji undirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kassatsiya protestida sud ajrimi va qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborish, kassatsiya shikoyatida esa sud ajrimi va qarorini bekor qilib, nizo yuzasidan qonuniy qaror qabul qilish soʻralgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlov hayʼati protest va shikoyat vajlarini muhokama qilib, ishdagi hujjatlarni oʻrganib chiqib, quyidagilarga koʻra sud ajrimi va qarorini bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish hujjatlaridan koʻrinishicha, Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan “MEDIO-LYUKS” masʼuliyati cheklangan jamiyatiga tibbiy faoliyatni amalga oshirish uchun 2005-yil 12-avgustda 4827-tib-son litsenziya berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi respublika Kengashining 2009-yil 5-yanvardagi 06-76-son xati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining 2009-yil 7-yanvardagi 2-son buyrugʻiga asosan “MEDIO-LYUKS” masʼuliyati cheklangan jamiyatida tekshirish oʻtkazilgan. Tekshirishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan daʼvogar sudga murojaat qilib, javobgarga berilgan litsenziyaning amal qilishini tugatishni soʻragan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ish sud majlisida koʻrib chiqish uchun 2009-yil 9-martga tayinlangan. Sud majlisiga qadar daʼvogarning daʼvodan voz kechganligi inobatga olinib, ish yuritish tugatilgan. Ammo 2009-yil 9-martga qadar daʼvogarning daʼvodan voz kechganligini tasdiqlovchi dalillar ishda mavjud emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daʼvogarning daʼvodan voz kechish haqida bergan 2009-yil 10-martdagi arizasini esa inobatga olib boʻlmaydi. Chunki, ushbu ariza ish yuritish tugatilganidan soʻng, yaʼni sud majlisidan keyin berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 52-moddasi talabiga koʻra, daʼvodan voz kechishni amalga oshirishga boʻlgan vakolatlar vakil qilayotgan shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan boʻlishi kerak boʻlsa-da, vakillarga berilgan ishonchnomalar sudlar tomonidan oʻrganilmagan va huquqiy baho berilmagan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining 11-moddasiga koʻra, xoʻjalik sudi ishni koʻrishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart. Sudning hal qiluv qarori ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarni tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsagina, asoslantirilgan hisoblanadi. Hal qiluv qarori ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Sudning hal qiluv qarori haqida” 2007-yil 15-iyundagi 161-son qarorining 3-bandida tushuntirish berilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Apellatsiya instansiyasi sudi ushbu holatlarga aniqlik kiritmasdan, sud ajrimini oʻzgarishsiz qoldirgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayd etilganlarga koʻra sudlov hayʼati sud qarorlarini bekor qilishni hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi instansiya sudiga yuborishni lozim topadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishni yangidan koʻrishda birinchi instansiya sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlarini muhokama qilib, ishdagi dalillarga huquqiy baho berib, ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlab, ishni koʻrish natijalariga qarab sud xarajatlarini undirish masalasini hal etib, moddiy va protsessual huquq normalarini toʻgʻri qoʻllab, qonuniy va asoslantirilgan sud hujjati qabul qilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2009-yil 16-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-0904/2494-son