Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI KATTA VA ALOHIDA MUHIM SUV XOʻJALIGI OBYEKTLARINING TEXNIK HOLATINI HAMDA BEXATAR IShLAShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI (“DAVSUVXOʻJALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI)NI TAShKIL ETISh VA UNING FAOLIYATI MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-avgustdagi 525-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xoʻjaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tartibga soluvchi ayrim qonunchilik hujjatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat”)ni tashkil qilish toʻgʻrisida”gi Farmonini roʻyobga chiqarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlari roʻyxati 1-ilova* ga muvofiq;
* 1-ilova berilmaydi.
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi xodimlarining cheklangan soni 9 kishidan iborat boʻlgan boshqaruv apparati, shuningdek, 13 kishidan (xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan tashqari) iborat boʻlgan viloyat boʻlinmalari tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, inspektorlar esa — “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi tomonidan tayinlanadi.
Maqomi va mehnatga haq toʻlash shart-sharoitlari boʻyicha:
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi vazirga;
boshqaruv apparatining katta mutaxassislari — vazirlik va idora mustaqil boshqarmasi va boʻlimi boshliqlariga, mutaxassislari — boshqarma boʻlimi boshliqlariga;
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining viloyat inspektorlari — viloyat hokimliklarining tegishli mustaqil boʻlimlari rahbarlariga tenglashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi har yili “Oʻzdavsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi va uning viloyat boʻlinmalari apparati xarajatlariga hamda tashkiliy texnika va boshqa zarur materiallar xarid qilish uchun budjet mablagʻlari va xizmatda foydalanish uchun bitta yengil avtomashinaga limit ajratishni nazarda tutsin.
4. Toshkent shahar hokimligi “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi apparatini joylashtirish uchun 10 kun muddatda joy ajratsin.
5. Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Hukumat aloqasi xizmati “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasini telefon aloqasi, shu jumladan, hukumat, shahar va xalqaro telefon aloqasi bilan taʼminlasinlar.
6. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi ikki oy muddatda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Energetika va elektrlashtirish vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, “Oʻzsanoatkontexnazorat” davlat qoʻmitasi va boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini puxta xatlovdan oʻtkazsin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bersin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari B.M. Olimjonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 30-mart,
143-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrotexnika inshootlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi) toʻgʻrisida
(2-ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 11-son, 66-modda)
NIZOM
I. UMUMIY QOIDALAR
Oldingi tahrirga qarang.
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrotexnika inshootlarining texnik holatini hamda bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi deb ataladi) gidrotexnika inshootlarining texnik holati ishonchliligini hamda bexatar ishlashini taʼminlash boʻyicha tegishli vazirliklar va idoralar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiruvchi davlat organi hisoblanadi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 11-son, 66-modda)
2. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, mazkur Nizomga va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga amal qiladi.
II. ASOSIY VAZIFALARI
Oldingi tahrirga qarang.
3. Quyidagilar:
gidrotexnika inshootlarining, shu jumladan viloyatlararo suv chiqarish traktlari va kollektorlarining texnik holati va bexatar ishlashi;
katta va yagona inshootlarning texnik qayta jihozlanishi va ularning asbob-uskunalari yangilanishi;
gidrotexnika inshootlarining qurilishi va rekonstruksiya qilinishini loyihalashning ahvoli;
gidrotexnika inshootlarining ishonchli qoʻriqlanishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshirish “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 11-son, 66-modda)
4. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi vakolatli organlarga suv muhofazasi zonalarini, suv omborlari, daryolar, kanallar va kollektorlarning qirgʻoqlarini belgilash boʻyicha ishlarni tashkil etishda koʻmaklashadi hamda ushbu zonalar va qirgʻoqlarga quyiladigan talablarning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
5. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi respublikaning tegishli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda Markaziy Osiyo davlatlari bilan davlatlararo hamda chegara boʻyi suv obyektlaridan foydalanish masalalarini hal qilishda qatnashadi.
III. FUNKSIYALARI
Oldingi tahrirga qarang.
6. Yuklangan vazifalarga muvofiq “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi quyidagi funksiyalarni bajaradi;
tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlarining texnik holati hamda bexatar ishlashi bilan bogʻliq hodisalarning oldini olishga doir takliflarni ishlab chiqish;
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda gidrotexnika inshootlarining texnik holatining ishonchliligi hamda bexatar ishlashini ekspertizadan oʻtkazish;
gidrotexnika inshootlarining texnik va xavfsizlik holatining ishonchliligi bilan bogʻliq idoralararo va davlatlararo komissiyalar ishida qatnashish;
gidrotexnika inshootlarining faoliyati bilan bogʻliq hukumat yoki boshqa davlat organlarining qarorlari loyihalarini tayyorlashda va ularni koʻrib chiqishda qatnashish;
gidrotexnika inshootlarining bexatarligi qoidalarini ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil etish, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining bexatarligi mezonlarini tasdiqlash;
gidrotexnika inshootlarini joylashtirishda, gidrotexnika inshootlarini loyihalash uchun topshiriqlarni kelishishda, ularni qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini kelishishda, Gidrotexnika inshootlarini qurish sifatini nazorat qilishda, ularni foydalanishga qabul qilishda, shuningdek gidrotexnika inshootlaridan foydalanish qoidalarini kelishishda qatnashish;
xoʻjalik yuritish va boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun gidrotexnika inshootlari hududlari, daryolar oʻzanlari va ularga tutash toʻgʻonning quyi va yuqori hududlari (suv muhofazasi zonalarida yer uchastkalari berish bundan mustasno)dan foydalanishni kelishish;
gidrotexnika inshootlarining bexatarligi sohasida huquqiy normativ hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashish;
gidrotexnika inshootlarining holatini hamda ular holatining gidrotexnika inshootlari xavfsizligi deklaratsiyasiga muvofiqligini tekshirishni tashkil etadi;
gidrotexnika inshootlarining qoʻriqlanishini tashkil etish ustidan nazoratni amalga oshiradi;
gidrotexnika inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish loyihalarini ekspertiza qilishda ishtirok etadi;
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 11-son, 66-modda)
IV. HUQUQLARI
Oldingi tahrirga qarang.
7. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi quyidagi huquqlarga ega:
oʻz funksiyalarini va oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislarini jalb qilish;
gidrotexnika inshootlariga toʻsiqsiz kirish, katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining bexatarligi va texnik nazoratni tashkil etish masalalariga doir materiallar bilan tanishib chiqish;
oʻz vakolati doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda gidrotexnika inshootlaridan foydalanilishi, uning texnik va xavfsizlik holati ustidan nazoratni amalga oshirish uchun vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ishini tekshirish. Koʻrsatib oʻtilgan tekshirishlarga tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalarning vakillari hamda buyurtmachining vakillari jalb etilishi mumkin. Zarur hollarda, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining topshirigʻiga koʻra tekshirishlar ushbu vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan oʻtkazilishi mumkin;
gidrotexnika inshootlarining texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning bexatarligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha vazirliklar va idoralar, shuningdek, korxonalar va tashkilotlar rahbarlarining maʼruzalarini, axborotlarini eshitish;
tegishli vazirliklar, idoralar, korxonalar va tashkilotlardan gidrotexnika inshootlarining texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning bexatarligini taʼminlash bilan bogʻliq masalalar boʻyicha meʼyoriy hujjatlar, chora-tadbirlar rejalari, buyruqlar, yoʻriqnomalar, hujjatlar, maʼlumotlar va materiallarni talab qilish va olish;
gidrotexnika inshootlarining texnik holatining ishonchliligi, ulardan foydalanish va ularning bexatarligini taʼminlash boʻyicha ishlardagi aniqlangan qoida buzishlar va kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha tegishli vazirliklar, idoralarga, shuningdek, tashkilotlar va korxonalarga bajarilishi shart boʻlgan yozma koʻrsatmalar kiritish.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 11-son, 66-modda)
V. “DAVSUVXOʻJALIKNAZORAT” INSPEKSIYASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
Oldingi tahrirga qarang.
8. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining mansabdor shaxslari gidrotexnika inshootlariga toʻsiqsiz kirishga, gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatarligi va texnik nazoratni tashkil etish masalalariga doir materiallar bilan tanishib chiqishga haqlidirlar.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 11-son, 66-modda)
9. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
10. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan rais boshchilik qiladi.
11. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisi:
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, tarkibiy boʻlinmalar xodimlarining “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi faoliyatining ayrim yoʻnalishlariga rahbarlik qilish uchun ularning javobgarlik darajasini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida va ularni bajarish yuzasidan oʻz vakolati doirasida buyruqlar chiqaradi;
zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining tegishli vazirliklari va idoralari bilan birgalikda qoʻshma buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi.
12. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasida yirik gidrotexnika va boshqa muhandislik inshootlarini loyihalash, qurish va ulardan foydalanish sohasidagi yetakchi mutaxassislardan iborat Ekspert kengashi tuziladi. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining raisi lavozimiga koʻra Ekspert kengashining raisi hisoblanadi. Ekspert kengashining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishib olinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ekspert kengashi gidrotexnika inshootlaridan bexatar foydalanish va ularning ishonchli ishlashining eng muhim masalalarini koʻrib chiqadi, gidrotexnika inshootlarining barqaror va bexatar ishlashi uchun ularni rekonstruksiya qilish va qayta jihozlash boʻyicha kechiktirib boʻlmaydigan ishlarni amalga oshirish yuzasidan tavsiyanomalar beradi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 11-son, 66-modda)
Ekspert kengashining qarorlari, qoidaga koʻra, “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi raisining buyruqlari bilan roʻyobga chiqariladi.
Ekspert kengashi majlislariga ayrim vazirliklar va idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning manfaatlariga tegishli masalalarni hal qilish uchun ularning vakillari taklif etiladi.
13. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tuzilmasi va xodimlarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining shtatlar jadvali uning raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
14. “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasining inspektorlari gidrotexnika inshootlarining texnik holati va bexatar ishlashi ustidan nazorat oʻrnatish yuzasidan joylarda oʻz faoliyatlarini “Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan tadbirlarga muvofiq amalga oshiradilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 16-noyabrdagi 499-sonli qarori tahririda — OʻR HQT, 1999-y., 11-son, 66-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Katta va alohida muhim suv xoʻjaligi obyektlarining texnik holatini va bexatar ishlashini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (“Davsuvxoʻjaliknazorat” inspeksiyasi)ning
TUZILMASI
Keyingi tahrirga qarang.