Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2013-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Singapur Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisini lavozimidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi KQ-92-II-sonli;
2013-yil 10-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi KQ-93-II-sonli;
2013-yil 14-noyabrda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi aʼzosi T.I. Joʻrayev toʻgʻrisida”gi KQ-96-II-sonli;
2013-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-102-II-sonli;
2013-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi KQ-103-II-sonli.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 13-dekabr,
SQ-410-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 12-son, 377-modda)