1-ILOVA
|
T/r |
Oliy mahorat sport maktablarining nomlanishi |
Sport turlari boʻyicha ixtisosligi |
Qurilish va rekonstruksiya ishlarini olib borish davri |
Sport maktablari bilan tashkiliy-kadrlar, oʻquv-uslubiy va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash masalalarida oʻzaro hamkorlik qiluvchi sport turlari boʻyicha federatsiyalar va assotsiatsiyalar |
|
1. |
Nukus oliy mahorat sport maktabi |
Sport kurashi |
2018-2019 yillar |
Oʻzbekiston sport kurashi assotsiatsiyasi |
|
2. |
Andijon oliy mahorat sport maktabi |
Boks |
2016-2017 yillar |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
|
3. |
Buxoro oliy mahorat sport maktabi |
Gimnastika |
2017-2018 yillar |
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi |
|
4. |
Jizzax oliy mahorat sport maktabi |
Boks |
2018-2019 yillar |
Oʻzbekiston boks federatsiyasi |
|
5. |
Qarshi oliy mahorat sport maktabi |
Dzyudo |
2017-2018 yillar |
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi |
|
6. |
Navoiy oliy mahorat sport maktabi |
Suv sport turlari |
2018-2019 yillar |
Oʻzbekiston suzish federatsiyasi |
|
7. |
Namangan oliy mahorat sport maktabi |
Velosport (shosse, trek) |
2018 — 2020 yillar |
Oʻzbekiston velosport federatsiyasi |
|
8. |
Samarqand oliy mahorat sport maktabi |
Yengil atletika |
2016-2017 yillar |
Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasi |
|
9. |
Termiz oliy mahorat sport maktabi |
Yakka kurash sporti |
2019-2020 yillar |
Oʻzbekiston dzyudo federatsiyasi, |
|
10. |
Guliston oliy mahorat sport maktabi |
Tennis, stol tennisi |
2017-2018 yillar |
Oʻzbekiston tennis federatsiyasi, Stol tennisi federatsiyasi |
|
11. |
Toshkent viloyati oliy mahorat sport maktabi |
Oʻq otish sporti |
2017 — 2019 yillar |
Oʻzbekiston oʻq otish sporti federatsiyasi |
|
12. |
Fargʻona oliy mahorat sport maktabi |
Taekvondo WTF |
2019-2020 yillar |
Oʻzbekiston taekvondo WTF federatsiyasi |
|
13. |
Urganch oliy mahorat sport maktabi |
Ogʻir atletika |
2019-2020 yillar |
Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi |
|
14. |
Toshkent shahar oliy mahorat sport maktabi |
Sportning oʻyin turlari |
2016 — 2018 yillar |
Oʻzbekiston basketbol fyederatsiyasi, Voleybol fyederatsiyasi, Gandbolfyederatsiyasi, Tennis federatsiyasi, Stol tennisi federatsiyasi, Chim ustida xokkey federatsiyasi, Badminton fyederatsiyasi, Shaxmat federatsiyasi |
2-ILOVA
|
I. XALQARO DARAJASIDAGI SPORT USTALARINI TAYYORLASH UCHUN ZARUR SHART-SHAROITLAR YARATISH, SHU BILAN BIRGA OʻQUV-MASHQ JARAYONINI XALQARO STANDARTLAR DARAJASIDA TASHKIL ETISH UCHUN ZAMONAVIY MODDIY-TEXNIKA VA IJTIMOIY-MAISHIY BAZA, SPORT ANJOMLARI, INVENTARLAR VA EKIPIROVKALAR BILAN TAʼMINLASH | |||
|
1. |
Vazirlar Mahkamasining oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarorini qabul qilish va unda quyidagilarni nazarda tutish: oliy mahorat sport maktablarining vazifa va funksiyalarini belgilovchi Nizomni, sportchilarni oʻqishga qabul qilish uchun saralash tanlovlari oʻtkazish, oʻquv-mashq jarayonini tashkillashtirish, sportchilar va murabbiylar tarkibi uchun shart-sharoitlar yaratish, bolalar va oʻsmirlar sport maktablari hamda ixtisoslashgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari bilan oʻzaro hamkorlik qilish tartibini tasdiqlash; sportchilarni yashash jihozlari, sport ekipirovkalari va maxsus formalar bilan taʼminlash meʼyorlarini tasdiqlash; Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport federatsiyalari bilan oʻquv-mashq jarayonini takomillashtirishda, moddiy-texnika bazani mustahkamlashda, yuqori malakali murabbiy-oʻqituvchilar tarkibi bilan taʼminlashda, musobaqalar va oʻquv mashgʻulotlar yigʻinlarini oʻtkazishda tashkiliy-kadrlar va uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha oʻzaro hamkorlik qilish tartibi. |
bir oy muddatda |
Vazirlar Mahkamasi, Madaniyat va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
|
2. |
Loyihalash tashkilotlari orasida oliy mahorat sport maktablarining, ularning sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilishini va joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda aniq loyihalarni ishlab chiqish boʻyicha tanlov oʻtkazish. |
2016-yil I chorak |
Davarxitektqurilish, Madaniyat va sport vazirligi |
|
3. |
Oliy mahorat sport maktablarini sport turlari boʻyicha ixtisoslashtirilishini va joylashtirishning iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda mazkur qarorga 1-ilova bilan tasdiqlangan qurilish muddatlarini inobatga olgan holda aniq loyihalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. |
qurilishning tasdiqlangan muddatlariga muvofiq har yili |
Qurilish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamgʻarmasi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
|
4. |
Har yili tasdiqlanadigan manzilli roʻyxatlarga muvofiq oliy mahorat sport maktablarini qurish va rekonstruksiya qilish parametrlarini oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi ustidan qatʼiy nazoratni olib borish va har chorakda Vazirlar Mahkamasiga tegishli maʼlumotni kiritib borish. |
doimiy |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari |
|
5. |
Oliy mahorat sport maktablari faoliyatini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarining hududiy rejalari; hududiy oliy mahorat sport maktablariga ixtisoslashtiriladigan sport turlarini kompleks rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish. |
2016 yil I chorak |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat va Toshkent shahar hokimliklari, Madaniyat va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
6. |
Oliy mahorat sport maktablarini xalqaro talablarga javob beradigan yangi sport uskunalari, anjomlar va ekipirovkalar bilan jihozlash. |
har yili |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
|
II. ILGʻOR XALQARO TAJRIBANI INOBATGA OLGAN HOLDA OʻQUV-MASHGʻULOT JARAYONLARIGA ENG YANGI ILMIY-USLUBIY TEXNOLOGIYALAR VA TAVSIYALARNI TATBIQ ETISH ORQALI SPORTCHILARNI NAZARIY VA TEXNIK-TAKTIK TAYYORLASH SIFATINI OSHIRISH, SHU ASOSDA MILLIY TERMA JAMOALARNING YUQORI DARAJADAGI TAYYORGARLIGINI TAʼMINLASH | |||
|
7. |
Xalqaro tajribani puxta oʻrgangan va uni oqilona qoʻllagan holda eng yangi ilmiy-uslubiy texnologiyalar va tavsiyalarni tatbiq etish asosida oʻquv-mashgʻulot jarayonlarini takomillashtirish uchun oʻquv dasturlarining namunaviy rejalari va xalqaro darajadagi sport ustalarini tayyorlashning individual rejalarini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2016 yil I chorak |
Madaniyat va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar), Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
8. |
Oliy mahorat sport maktablarida oʻquv-mashq jarayoni texnologiyalarini takomillashtirish uchun ilmiy-uslubiy adabiyotlar, qoʻllanmalar, tavsiyalar va koʻrgazmali materiallarni ishlab chiqish va nashr etish. |
ishlab chiqish — 2016 yil I chorak, nashr etish — doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi |
|
9. |
Yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash boʻyicha xorij tajribasini oʻrganish uchun ishchi guruhlarni tuzish va sport sohasida ilgʻor boʻlgan Xitoy, Koreya, Germaniya va boshqa xorijiy davlatlarga xizmat safarlari-stajirovkalarni tashkil qilish va shu asosda oliy mahorat sport maktablarida oʻquv-mashq jarayonini tashkil etish va milliy terma jamoalarni tayyorlashni tubdan yaxshilash boʻyicha tavsiyalarni ishlab chiqish. Ishchi guruh tomonidan tayyorlangan tavsiyalarni oliy mahorat sport maktablarining oʻquv-mashq jarayoniga hamda terma jamoalarni sport turlari boʻyicha tayyorlash dasturiga keng tatbiq etish. |
2016-yil 1-yanvargacha
davomida |
Madaniyat va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
|
10. |
Oliy mahorat sport maktablari sportchilarini tayyorlash sifati ustidan muntazam monitoring olib borish. Zarur hollarda ularni tayyorlashdagi oʻquv-mashq jarayoniga tegishli tuzatishlar kiritish. |
doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi |
|
11. |
Oʻquv-mashq jarayonini uzluksiz tibbiy-biologik va sport-psixologik jihatidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash, bunda: oʻquv-mashgʻulot yigʻinlari va musobaqalarini tibbiy va farmakologik kuzatuvrejalarini tasdiqlash (shu jumladan oʻzida tibbiy va laboratoriya tekshiruvlarini, tibbiy asbob-uskuna va boshqalar bilan yangilash va toʻliq toʻldirish jadvali); tibbiy koʻrik natijalariga koʻra sportchilarning funksional holatini monitoring qilish va tuzatishlar kiritish mexanizmi, profilaktika, jarohatdan keyingi davolash va reabilitatsiya, ovqatlanish va dam olish rejimini nazarda tutish. |
ishlab chiqish va tasdiqlash — 2016-yil 1-fevralgacha. amalga oshirish — doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|
12. |
Olimpiya zaxiralari kollejlari oʻquvchilarining bir kunlik ovqatlanish normasining oshirilgan koeffitsiyentini inobatga olgan holda sportchilarning ovqatlanish ratsioni va normalarini ishlab chiqish va tasdiqlash, shuningdek, oliy mahorat sport maktablarini zarur dori vositalari va vitaminlar bilan taʼminlash. |
2016 yil I chorak |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Madaniyat va sport vazirligi, Moliya vazirligi |
|
13. |
Oliy mahorat sport maktablari sportchilarining asosiy tarkibi va terma jamoa zaxiralarini chuqur tibbiy koʻrikdan (yilda kamida ikki marta) oʻtkazishni tashkil etish va Milliy olimpiya qoʻmitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi va hududiy vrachlik jismoniy tarbiya dispanserlarida profilaktik sogʻlomlashtirish, farmakologik jihatdan taʼminlagan holda davolash va jarohatdan keyingi reabilitatsiya qilish. |
doimiy |
Sogʻliqni saqlash vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi |
|
III. BOLALAR VA OʻSMIRLAR SPORT MAKTABLARI, OLIMPIYA ZAXIRALARI KOLLEJLARI BILAN ISTIQBOLLI SPORTCHILARNI TANLAB OLISH MASALALARIDA OʻZARO HAMKORLIK QILISH, OLIY MAHORAT SPORT MAKTABLARIGA YUQORI MALAKALI TRENER-OʻQITUVCHILAR TARKIBINI, SHU JUMLADAN YETAKCHI XORIJ MUTAXASSISLARINI JALB QILISH | |||
|
14. |
Oliy mahorat sport maktablari tuzilmasini ularning sport turlari boʻyicha ixtisosligi hamda sportchilar kontingentini hisobga olgan holda tasdiqlash. |
sport maktablari ishga tushganidan soʻng bir oy muddatda |
Sportni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Moliya vazirligi |
|
15. |
Oliy mahorat sport maktablarida tayyorlash uchun bolalar va oʻsmirlar sport maktablarida, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar maktablarida, olimpiya zaxiralari kollejlarida shugʻullanayotgan iqtidorli va istiqbolli yoshlar orasidan sportchilar zaxirasini shakllantirish mexanizmini tizimli ravishda tashkil etish. |
doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi |
|
16. |
Hududiy oliy mahorat sport maktablari faoliyatiga jalb qilish uchun bolalar va oʻsmirlar sport maktablari, ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlariningyuqori malakali va tajribali trener-oʻqituvchilarini samarali va xolis saralashning mexanizmini joriy etish. |
bir oy muddatda, amalga oshirish — doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
|
17. |
Oliy mahorat sport maktablarini yetakchi xorij mutaxassislarini jalb qilgan holda yuqori malakali trener-oʻqituvchilar tarkibi bilan toʻldirish. |
sport maktablarining ishga tushish muddatida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
|
18. |
Trenerlar va sportchilarning professional darajasini oshirish uchun oliy mahorat sport maktablarining xorijdagi sport maktablari, klublari va markazlari bilan tajriba almashish boʻyicha hamkorligini rivojlantirish chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
tasdiqlash — amalga oshirish— doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, Sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
|
19. |
Yuqori darajadagi sportchilarni tayyorlash tajribasini oʻrganish uchun oliy mahorat sport maktablari trener-oʻqituvchilari tarkibini xorijiy sport maktablari, klublari va markazlarida stajirovkadan oʻtkazish. |
doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |
|
20. |
Oliy mahorat sport maktablarining oʻquv-mashgʻulot jarayonida ishtirok etish va maslahat berish hamda terma jamoalarni sport turlari boʻyicha tayyorlash uchun yetakchi chet el mutaxassislarini jalb qilish. |
doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi |
|
IV. MILLIY TERMA JAMOALARI VA ZAXIRALARINING RESPUBLIKA VA HUDUDIY MUSOBAQALARI, OʻQUV-MASHGʻULOT YIGʻILISHLARI, SHUNINGDEK, RESPUBLIKANING YETAKCHI SPORTCHILARI — OLIMPIYA VA OSIYO OʻYINLARI, CHEMPIONATLARI HAMDA JAHON KUBOKLARI SOVRINDORLARI ISHTIROKIDA MAHORAT DARSLARINI TASHKIL ETISH VA OʻTKAZISH | |||
|
21. |
Oʻquv-mashgʻulot mashqlarini muntazam oʻtkazib borish orqali oliy mahorat sport maktablarida sport turlari boʻyicha Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari hamda boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarga tayyorlashning uzluksiz jarayonini tashkil etish. |
doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar), Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
22. |
Hududiy oliy mahorat sport maktablarida xalqaro, respublika va hududiy sport musobaqalarini oʻtkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
ishlab chiqish va tasdiqlash — har yili, amalga oshirish 2016 — 2020 yillar |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar), jismoniy tarbiya-sport tashkilotlari |
|
23. |
Oliy mahorat sport maktablarida respublikaning yetakchi sportchilari — nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlar, shu jumladan Olimpiya va Osiyo oʻyinlari, jahon, Osiyo chempionatlari sovrindorlari ishtirokida mahorat darslarini oʻtkazish. |
doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qoʻmitasi, sport turlari boʻyicha federatsiyalar (assotsiatsiyalar) |