Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995 14.01.1992 yildagi 515-XII-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.07.1995
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekicton Respublikasining qonuni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN TAShQARIGA TOVAR-MODDIY BOYLIKLARNI OLIB ChIQIB KETIShNING BELGILANGAN TARTIBINI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 6-maydagi 73-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qarori bilan oʻz kuchini yoʻqotdi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bozorga oʻtish davrida keng avj olgan va respublika iqtisodiyotiga xavf tugʻdirgan tovar-moddiy boyliklarni Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga gʻayriqonuniy ravishda olib chiqib ketishning oldini olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 1985-yil 13-dekabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1985-yil, № 35, 412-modda) quyidagi mazmunli 166-2 va 233-1-moddalar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-2-modda. Tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishning belgilangan tartibini buzganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga tovarlar, materiallar, xomashyo, qishloq xoʻjalik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy boyliklarni olib chiqib ketishning belgilangan tartibini buzganlik —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarga — ikki yuz soʻmdan besh yuz soʻmgacha miqdorda, mansabdor shaxslarga — besh yuz soʻmdan bir ming soʻmgacha miqdorda jarima solinib, olib chiqib ketilayotgan tovar-moddiy boyliklarning musodara qilinishiga sabab boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi idoralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi idoralari ushbu Kodeksning 166-2-moddasida koʻzda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan idoralar nomidan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqishga va maʼmuriy jazo berishga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi xuzuridagi Tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasi Bosh boshqarmasining boshligʻi va uning oʻrinbosarlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishni nazorat qiluvchi davlat inspeksiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlinmalarining boshliqlari va boshliq oʻrinbosarlari ham haqlidirlar”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 1959-yil 21-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 2-modda) quyidagi mazmunli 179-2-modda bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“179-2-modda. Tovar-moddiy boyliklarni olib chiqib ketishning belgilangan tartibini buzganlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan tashqariga tovarlar, materiallar, xomashyo qishloq xoʻjalik mahsulotlari, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqa moddiy boyliklarni olib chiqib ketishning belgilangan tartibini buzish xuddi shunday xatti-harakat uchun maʼmuriy jazo chorasi koʻrilganidan keyin sodir etilsa, —
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilib, olib chiqib ketilayotgan tovar-moddiy boyliklarni musodara etish bilan yoki oʻn ming soʻmdam yigirma besh ming soʻmgacha miqdorda jarima solish bilan jazolanadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 1959-yil 21-maydagi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlagan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Sovetining Vedomostlari, 1959-yil, № 6, 3-modda) 108-moddasining toʻrtinchi qismi “179-moddaning ikkinchi qismi” degan soʻzlardan keyin “179-2-moddasi” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1992-yil 14-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
515-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 162-modda)