Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi toʻgʻrisidagi murojaati haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 98-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.Mirziyoyevning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yangi saylangan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi oldida oʻz vakolatlarini zimmasidan soqit qilishi toʻgʻrisidagi murojaati qanoatlantirilsin.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri N. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2015-yil 23-yanvar,
21-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 1-son, 16-modda)