Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oqsoqollar kengashini tuzish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikerini va uning oʻrinbosarlarini saylash uchun quyidagi tarkibda Oqsoqollar kengashi tuzilsin:
| Abdusalomov Mirzo Ulugʻbek Elchiyevich | — | Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining raisi (Oqsoqollar kengashining raisi) |
| Turdiyev Sodiqjon | — | 12-Shahrixon saylov okrugidan saylangan deputat (OʻzLiDeP) |
| Shadmanov Adxam Xursanbayevich | — | 51-Soʻgʻdiyona saylov okrugidan saylangan deputat (OʻzLiDeP) |
| Otamuratov Sarvar Sadullayevich | — | 108-Hazorasp saylov okrugidan saylangan deputat (“Milliy tiklanish” DP) |
| Muxammadiyev Ulugʻbek Nasriddinovich | — | 121-Yakkabogʻ saylov okrugidan saylangan deputat (“Milliy tiklanish” DP) |
| Ketmonov Xatamjon Abduraxmonovich | — | 11-Boʻz saylov okrugidan saylangan deputat (OʻzXDP) |
| Kamilov Rustam Tuychiyevich | — | 128-Sanoat saylov okrugidan saylangan deputat (OʻzXDP) |
| Umarov Nariman Madjitovich | — | 76-Uzun saylov okrugidan saylangan deputat (“Adolat” SDP) |
| Abdusattarov Toʻlqin Sayfullayevich | — | 32-Gʻallaorol saylov okrugidan saylangan deputat (“Adolat” SDP) |
| Alixanov Boriy Batirovich | — | Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputat, Oʻzbekiston ekologik harakati Markaziy Kengashining ijroiya qoʻmitasi |
| Qurbonov Abdurahim Eshonqulovich | — | Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputat, Surxondaryo viloyati |
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining majlisida raislik qiluvchi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi M. ABDUSALOMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 12-yanvar,
4-III-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2015-y., 1-son, 4-modda)