Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi oʻrtasidagi Konsullik Konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining taklifini qarab chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1995-yil 11-yanvarda Varshavada imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi va Polsha Respublikasi oʻrtasidagi Konsullik Konvensiyasi ratifikatsiya qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1995-yil 6-may,
78-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 126-modda)