Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“B.M. Taydjanovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida” 2005-yil 3-avgustda chiqargan Farmoni;
“K.S. Ismoilovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2005-yil 5-oktabrda chiqargan Farmoni;
“A.E. Nabiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida” 2005-yil 17-noyabrda chiqargan Farmoni;
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 3-dekabr,
111-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 12-son, 457-modda)