15.12.2005 yildagi 181-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2005-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2005-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2005-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yilning toʻqqiz oyida Davlat budjetining daromadlari uning xarajatlaridan 53,0 mlrd soʻm miqdorida ortiq boʻlishiga erishilganligi yoki Davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,5 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Davlat budjeti xarajatlari samaradorligi yanada oshirilishi va maqbullashtirilishini, qatʼiy pul-kredit siyosati oʻtkazilishini, soliq tushumlari mexanizmi takomillashtirilishini, milliy valyuta kursining mustahkamlanishini, shuningdek budjetning birinchi navbatdagi xarajatlarini, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini muhofaza qilish tadbirlarini hamda budjet xarajatlarining ijtimoiy yoʻnaltirilganligini kuchaytirishga oid boshqa tadbirlarni toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar koʻrilishini taʼminlasin, bunda Maktab taʼlimini rivojlantirish davlat umummilliy dasturini amalga oshirishni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining eʼtibori tegishli mintaqalar boʻyicha budjet toʻlovlari toʻliq tushishini taʼminlash, mintaqalarning soliq bazasi va moliyaviy salohiyatini kengaytirish yuzasidan amaliy choralar koʻrish hamda shu asosda mahalliy budjetlarning xarajatlari toʻliq moliyalashtirilishini taʼminlash zarurligiga qaratilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 12-son, 435-modda)