15.12.2005 yildagi 180-I-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalari toʻgʻrisidagi masalani muhokama qilib hamda 2006-yil Homiylar va shifokorlar yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilishdagi maʼruzasida bayon qilingan qoidalar va xulosalar qoʻllab-quvvatlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari va siyosiy partiyalar fraksiyalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil Homiylar va shifokorlar yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan ishlab chiqiladigan dasturni tayyorlashda faol ishtirok etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilishning ustuvor yoʻnalishlari, maqsadli vazifalari hisobga olingan holda 2005-yilga va kelgusi yillarga moʻljallangan qonunchilik faoliyati dasturi”ga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasidan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida tegishli takliflar tayyorlasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kelgusi yil Homiylar va shifokorlar yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan 2006-yilga moʻljallangan oʻz ish rejalarida zarur tadbirlarni nazarda tutsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2006-yil Homiylar va shifokorlar yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan tegishli tadbirlarni amalga oshirsinlar hamda xalq deputatlari mahalliy Kengashlari bilan birgalikda tushuntirish ishlari olib borsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari bilan birgalikda saylovchilarni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼruzasidan kelib chiqadigan vazifalarni hayotga tatbiq etishga safarbar qilish borasidagi ishlarni faollik bilan amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qarorning ijrosi ustidan nazorat olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosari A.A.Karimov zimmasiga yuklatilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2005-yil 15-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 12-son, 434-modda)