Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasi birinchi oʻqishda qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari bildirgan taklif va mulohazalarni hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi Davlat budjeti loyihasini maromiga yetkazsin va ikkinchi oʻqishda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi muhokamasiga kiritsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri E. XALILOV
Toshkent sh.,
2005-yil 1-noyabr,
139-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 11-son, 364-modda)