Oʻzbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining
qarori
AQSh qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir guruh senatorlarining murojaatnomasi toʻgʻrisida
AQSh qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq masala yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir guruh senatorlarining murojaatnomasini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Kengashi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi bir guruh senatorlarining AQSh qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq murojaatnomasi toʻgʻrisidagi masala Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi kun tartibiga kiritilsin.
2. AQSh qurolli kuchlari kontingentini “Xonobod” (Qarshi) aerodromidan olib chiqib ketish bilan bogʻliq masala yuzasidan Bayonot matni maʼqullansin va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining uchinchi yalpi majlisi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 19-avgust,
57-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 8-son, 303-modda)