Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining quyidagi farmonlari tasdiqlansin:
“A.E. Nabiyevni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining birinchi oʻrinbosari etib tayinlash toʻgʻrisida” 2005-yil 3-iyunda chiqargan Farmoni;
“P.R. Bobojonovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosari vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida” 2005-yil 12-avgustda chiqargan Farmoni.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi oʻrinbosari F. MUHITDINOVA
Toshkent sh.,
2005-yil 27-avgust,
76-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-y., 8-son, 283-modda)