13.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2727
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining qarori, 13.11.2015 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2727
Кучга кириш санаси
16.02.2016
Hujjat 16.02.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalarini tasdiqlash haqida
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 13-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2727]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 15-iyuldagi 190-sonli “Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvi qaror qiladilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-33-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari A. FAYZULLAYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-mh-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 9-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337-V-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Markaziy banki Boshqaruvining 2015-yil 9-noyabrdagi 2015-33, 136-mh, 337-V-sonli qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QOIDALARI
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Elektron raqamli imzo toʻgʻrisida”gi va “Elektron hujjat aylanishi toʻgʻrisida”gi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-sonli “Elektron raqamli imzodan foydalanish sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish toʻgʻrisida”gi, 2007-yil 23-avgustdagi 181-sonli “Davlat va xoʻjalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi va 2015-yil 15-iyuldagi 190-sonli “Elektron raqamli imzolar kalitlarini roʻyxatdan oʻtkazish markazlari faoliyatini yanada tartibga solishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorlariga asosan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlarda elektron raqamli imzodan foydalanish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi (bundan buyon matnda roʻyxatga olish markazi) tomonidan berilgan elektron raqamli imzo kaliti sertifikatiga ega boʻlgan shaxslar davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari tomonidan koʻrsatiladigan barcha turdagi xizmatlardan erkin foydalana oladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron raqamli imzo (bundan buyon matnda ERI deb yuritiladi) — elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini ERIning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus oʻzgartirish natijasida hosil qilingan hamda ERIning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash va ERI yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xizmatlarni bajaruvchilar — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda tijorat banklari;
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydalanuvchi — xizmatlarni bajaruvchilarga axborot tizimi orqali elektron soʻrov bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron xizmat — foydalanuvchining elektron soʻrovi asosida xizmat bajaruvchilar tomonidan vakolatlari doirasida aloqa kanallari orqali barcha turdagi xizmatlarni koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron soʻrov — xizmatlarni bajaruvchilarga elektron hujjat shaklida taqdim etiladigan elektron xizmat koʻrsatish toʻgʻrisidagi talab;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjat — elektron shaklda qayd etilgan, ERI bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlariga ega boʻlgan axborot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs — ustav, shartnoma, tegishli xatti-harakatlarni sodir etish huquqiga ishonchnoma asosida roʻyxatga olish markazi nomidan ish koʻruvchi uning xodimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERIning yopiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, faqat imzo qoʻyuvchi shaxsning oʻziga maʼlum boʻlgan va elektron hujjatda ERIni yaratish uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERIning ochiq kaliti — ERI vositalaridan foydalangan holda hosil qilingan, ERIning yopiq kalitiga mos keluvchi, axborot tizimining har qanday foydalanuvchisi foydalana oladigan va elektron hujjatdagi ERIning haqiqiyligini tasdiqlash uchun moʻljallangan belgilar ketma-ketligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kalitining sertifikati — ERIning ochiq kaliti ERIning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va ERI yopiq kalitining egasiga roʻyxatga olish markazi tomonidan berilgan hujjat. ERI kalitining sertifikati elektron hujjat shaklida va qogʻoz hujjat shaklida tayyorlanishi mumkin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI vositalari — elektron hujjatda ERI yaratilishini, ERIning haqiqiyligi tasdiqlanishini, ERIning yopiq va ochiq kalitlari yaratilishini taʼminlaydigan barcha texnikaviy va dasturiy vositalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERIning haqiqiyligini tasdiqlash — ERIning ERI yopiq kalitining egasiga tegishliligi va elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligi tekshirilgandagi ijobiy natija;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tasdiqlash — ERI kalitining sertifikati ERIning yopiq kaliti egasiga tegishliligi va ERI kalitining sertifikatidagi axborotda xatolik yoʻqligi tekshirilgandagi ijobiy natija.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. ERI kalitining sertifikatini berish tartibi hamda ERI foydalanuvchilari va egalarining huquq va majburiyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 26-sentabrdagi 215-sonli qarori bilan tasdiqlangan Elektron raqamli imzo kalitlarini roʻyxatga olish markazlarining faoliyat koʻrsatish tartibi toʻgʻrisidagi nizomi bilan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Foydalanuvchini identifikatsiyalash va elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan foydalanuvchini identifikatsiyalash elektron soʻrovdagi va ERI kalitining sertifikatidagi rekvizitlar asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Xizmatlarni bajaruvchilarga foydalanuvchi tomonidan elektron soʻrov ERI kalitining sertifikati bilan birgalikda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan ERI vositalaridan foydalanilgan holda elektron soʻrov kelib tushgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish quyidagi usullar bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti sertifikatining maqomini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron soʻrov maqsadi ERI kaliti sertifikatida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiqligini tekshirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish ushbu Qoidalarning 7-bandida koʻrsatilgan barcha usullardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligini aniqlash xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan ERIning ochiq kaliti yordamida ERI vositalaridan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tekshirish xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan ERI vositalari yordamida vakolatli shaxsning ERI kaliti sertifikatidan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Elektron soʻrovdagi ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tasdiqlash mazkur sertifikatdagi vakolatli shaxs ERIsining haqiqiyligini tasdiqlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Xizmatlarni bajaruvchilar vakolatli shaxsning ERI kaliti sertifikatining elektron hujjat shaklini Roʻyxatga olish markazlari vakolatli shaxslarining elektron raqamli imzosi kalitlari sertifikatlarining yagona davlat reyestridan oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Xizmatlarni bajaruvchilar ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligini tasdiqlaganidan soʻng ERIning haqiqiyligi tasdiqlangan paytidagi yoki imzolash paytini belgilovchi dalillar boʻlganda elektron hujjat imzolanayotgan paytidagi ERI kaliti sertifikatining maqomini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. ERI kaliti sertifikatining maqomi xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan ERI vositalari bilan roʻyxatga olish markaziga aloqa kanallari orqali murojaat qilish yoʻli bilan tekshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. ERI kaliti sertifikatiga roʻyxatga olish markazi tomonidan amalda, amal qilishi toʻxtatib turilgan va bekor qilingan maqomlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. ERI kaliti sertifikatining maqomi toʻgʻrisidagi axborot roʻyxatga olish markazi tomonidan xizmatlarni bajaruvchilarga vakolatli shaxsning ERIsi bilan tasdiqlangan shaklda aloqa kanallari orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Elektron soʻrov maqsadi ERI kaliti sertifikatida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish natijasi boʻyicha xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan elektron soʻrov kelib tushgan kundan keyingi bir ish kuni ichida elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligi tasdiqlanganligi yoki tasdiqlanmaganligi haqida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligi quyidagi holatlarda tasdiqlangan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatdagi axborotda xatolik yoʻqligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligi tasdiqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti sertifikatining maqomi amalda deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron soʻrov maqsadi ERI kaliti sertifikatida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq boʻlganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligi tasdiqlanganligi xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan elektron soʻrovni koʻrib chiqish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligi quyidagi holatlarda tasdiqlanmagan hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron hujjatdagi axborotda xatolik aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti sertifikatining haqiqiyligi tasdiqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ERI kaliti sertifikatining maqomi — amal qilishi toʻxtatib turilgan yoki bekor qilingan deb topilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektron soʻrov maqsadi ERI kaliti sertifikatida koʻrsatilgan maqsadlarga muvofiq boʻlmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Ushbu Qoidalarning 21-bandida koʻrsatilgan holatlarning kamida bittasi mavjud boʻlganda elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligi tasdiqlanmagan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligini tekshirish natijasi boʻyicha xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan elektron soʻrovdagi ERIning haqiqiyligi tasdiqlanmaganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda, xizmatlarni bajaruvchilar mazkur qaror qabul qilingan kunning oʻzida foydalanuvchiga elektron soʻrovni koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Elektron soʻrovni koʻrib chiqishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarnoma elektron hujjat shaklida aloqa kanallari orqali foydalanuvchining elektron pochta manziliga elektron soʻrovni koʻrib chiqishni rad etish sabablari koʻrsatilgan holda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Yakuniy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Foydalanuvchi u tomonidan taqdim etilgan elektron soʻrovning asl nusxasini olish uchun xizmatlarni bajaruvchilarga yozma ravishda murojaat qilishi mumkin. Bunda, xizmatlarni bajaruvchilar tomonidan elektron soʻrovning asl nusxasi foydalanuvchiga bir ish kuni ichida taqdim qilinishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Elektron xizmatni koʻrsatish natijasi xizmatlarni bajaruvchilar vakolatli shaxsining ERIsi bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Ushbu Qoidalar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 45-son, 582-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.03.2026-y., 10/26/3788/0242-son; 05.08.2026-y., 10/26/3916/0819-son)