Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi rayosatining
Qarori
TOShKENT ShAHAR KUYBIShEV RAYONINING NOMINI MIRZO ULUGʻBEK RAYONI DEB OʻZGARTIRISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Rayosati qaror qiladi:
1. Toshkent shahar hokimining iltimosi qondirilib, Kuybishev rayonining nomi Mirzo Ulugʻbek rayoni deb oʻzgartirilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdagi sessiyasi tasdigʻiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Raisi Sh. YOʻLDOShEV
Toshkent sh.,
1992-yil 8-may,
580-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 7-son, 284-modda)