Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001-yil yuzasidan hisobotini taqdim etish muddati haqidagi murojaati toʻgʻrisida
Xalqaro auditorlik tekshiruv munosabati bilan Markaziy bank 2001-yil yuzasidan Markaziy bankning hisobotini taqdim etish muddatini 2002-yil 1-iyunga qadar uzaytirish toʻgʻrisida Oliy Majlisga iltimos bilan murojaat etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001-yil yuzasidan hisobotini taqdim etish muddatini 2002-yil 1-iyunga qadar uzaytirish toʻgʻrisidagi murojaati maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 15-may,
372-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 104-modda)