03.04.2002 yildagi 346-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot maʼqullansin va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining sakkizinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu narsa qayd etilsinki, mamlakatimizda iqtisodiyotning moliyaviy muvozanati mustahkamlandi va toʻlov intizomining darajasi oshdi. Davlat budjetining daromad va xarajat qismlari tasdiqlangan koʻrsatkichlardan oshirib bajarildi. Davlat budjetining taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan bir foizdan kamroqni tashkil etdi. Bu esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan koʻrsatkichlarga mos keladi. Ushbu taqchillik Markaziy bank kreditlari va davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan tushumlar, shuningdek respublika budjeti mablagʻlarining yil boshidagi qoldiqlari hisobigi qoplandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2001-yilda Davlat budjetining xarajatlari institutsional oʻzgarishlarni moliyalashtirish, ijtimoiy va insonparvarlik dasturlarini amalga oshirish, tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni yangilash hamda texnika bilan qayta jihozlash, mamlakat xavfsizligini mustahkamlash uchun yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 3-aprel,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 103-modda)