Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2001-yildagi ijrosi yakunlari toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
2. Davlat budjetining taqchilligi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan koʻrsatkichlardan oshmaganligi qayd etib oʻtilsin.
3. 2001-yilda Davlat budjetining xarajatlari institutsional oʻzgarishlarni moliyalashtirish, ijtimoiy va insonparvarlik dasturlarini amalga oshirish, tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni yangilash hamda texnika bilan qayta jihozlash, mamlakat xavfsizligini mustahkamlash uchun yoʻnaltirilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 4-aprel,
352-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 62-modda)