06.11.2015 yildagi 322-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 16.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz davlat universiteti huzurida “Amudaryo” sport-sogʻlomlashtirish markazini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoshlarda sportga boʻlgan havas va intilishni, jamiyatimizda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini kuchaytirish, talaba yoshlarni sportga jalb etish tizimini takomillashtirish hamda ularga darsdan boʻsh vaqtlarida sport bilan shugʻullanishlariga imkoniyat yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi va Surxondaryo viloyati hokimligining Surxon daryosi sohili hududida Termiz davlat universiteti huzurida davlat unitar korxonasi shaklida “Amudaryo” sport-sogʻlomlashtirish markazini (keyingi oʻrinlarda Sport-sogʻlomlashtirish markazi deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Surxondaryo viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi, Moliya vazirligi va Iqtisodiyot vazirligi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sport-sogʻlomlashtirish markazini barpo etish uchun Surxon daryosi sohiliga tutash hududdan shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq yer maydonini belgilangan tartibda ajratsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hududda tozalash, mavjud bino va inshootlarni buzish, vertikal rejalashtirish, har bir bino uchun (birinchi quduqqa qadar) tashqi muhandislik tarmoqlarini (ichimlik va oqova suv tarmoqlari), avtomobil yoʻllari va avtomobillar toʻxtab turish joylarini (infratuzilma ishlari bilan) qurish ishlarini amalga oshirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Sport-sogʻlomlashtirish markazi obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlari (shu jumladan loyihalash va pudrat tashkilotlari, moliyalashtirish manbalari va qurilish muddatlari) bilan bogʻliq chora-tadbirlar rejasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida qurilishi belgilangan yopiq suzish havzasini Sport-sogʻlomlashtirish markazi hududiga koʻchirish va 2016-yil avgust oyigacha foydalanishga topshirish boʻyicha 2015-yilgi manzilli dasturlarga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin hamda 2016-yilgi manzilli dasturlarni shakllantirish jarayonida Shoʻrchi tumanida yopiq suzish havzasi qurilishiga qoʻshimcha mablagʻ ajratishni nazarda tutsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan birgalikda Sport-sogʻlomlashtirish markazi hududida kanal oʻzanini hamda oʻzan suv oqimini muvofiqlashtiruvchi inshootni (shu jumladan 3 ta koʻprik bilan birga) barpo etish boʻyicha 2015-2016-yillarda suv xoʻjaligi obyektlarini qurish manzilli dasturiga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati Sport-sogʻlomlashtirish markazi obyektlarini elektr energiyasi bilan taʼminlash uchun yuqori kuchlanishli kabel tarmoqlarini va 2 ta transformator punktini hamda har bir obyekt va inshootgacha past voltli elektr kabellari oʻtkazishni loyihalash va qurish ishlarini Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan 2011 — 2015-yillar uchun past voltli elektr tarmoqlarini zamonaviylashtirish va yangilash dasturi doirasida amalga oshirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi Sport-sogʻlomlashtirish markazidagi obyektlarni gaz bilan taʼminlash uchun qurilish-montaj ishlarini va uni loyihalash ishlarini oʻz mablagʻlari hisobidan bajarishni taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Sport-sogʻlomlashtirish markazi obyektlarini qurish boʻyicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Surxondaryo viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi — buyurtmachi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzshaharsozlik LITI” davlat unitar korxonasi — bosh loyihalash tashkiloti etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Surxondaryo viloyati hokimligiga Sport-sogʻlomlashtirish markazi obyektlarini qurish loyiha-smeta hujjatlarini qurilish-montaj ishlari bilan bir vaqtda ishlab chiqishga, 2015-yil 31-dekabrgacha istisno tariqasida ruxsat etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Oʻzqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati, buyurtmachi va loyihalash tashkilotining asoslangan hisob-kitoblariga binoan, toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar asosida, tartibga solinadigan narxlar boʻyicha Sport-sogʻlomlashtirish markazi obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish va uning hududlarini obodonlashtirish uchun sement va metall prokati ajratilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazishni hamda qurilish-montaj ishlarini bajarish sifati yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini belgilangan tartibda taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Mazkur qarorning ilovasida keltirilgan obyektlar (xususiy tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari hisobiga qurilgan obyektlardan tashqari) qurilishi yakunlangandan soʻng ularning tezkor boshqaruv huquqi bilan Sport-sogʻlomlashtirish markaziga berilishi belgilab qoʻyilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Termiz davlat universiteti Surxondaryo viloyati hokimligi bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishgan holda, bir oy muddatda Sport-sogʻlomlashtirish markazining rahbarini tayinlasinlar va xodimlari shtat jadvalini hamda ularning mehnatiga haq toʻlash miqdorlari va shartlarini tasdiqlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Belgilab qoʻyilsinki, Sport-sogʻlomlashtirish markazi taʼminoti xarajatlari tijorat faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishidan tushadigan mablagʻlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik mablagʻlari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donor tashkilotlari grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Sport-sogʻlomlashtirish markazining tasdiqlangan bosh rejasiga qatʼiy amal qilgan holda, uning hududida xususiy tadbirkorlik subyektlariga oʻz hisoblaridan umumiy ovqatlanish shoxobchalari, isteʼmol mollari doʻkonlari, savdo shoxobchalari va boshqa bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish, ulardan belgilangan tartibda foydalanish uchun ruxsat berilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari B.Y. Xodiyev va B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 6-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 6-noyabrdagi 322-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Termiz davlat universiteti huzuridagi “Amudaryo” sport-sogʻlomlashtirish markazi obyektlarini loyihalashtirish va qurish ishlari (shu jumladan qurilish tashkilotlari, moliyalashtirish manbalari va qurish muddatlari) bilan bogʻliq
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ChORA-TADBIRLAR REJASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

T/r

Qurilishi belgilangan obyekt nomi

Moliyalashtirish manbai

Pudrat tashkilotlari nomi*

Bajarish muddati

I. Tashkiliy-tayyorgarlik va texnik tadbirlarni amalga oshirish

1.

Yer maydoni ajratish, hududni tozalash, u yerdagi mavjud binolarni buzish va vertikal rejalashtirish ishlarini amalga oshirish.

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“Uzundavsuvmaxsus-pudrat” DUK

2015-yil

15-noyabr

2.

Obyektlarning loyiha-qidiruv ishlarini bajarish,

jumladan:

topogeodezik tasvirga olish;

geologiya-qidiruv ishlarini bajarish;

bosh reja tayyorlash;

loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish.

Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, bino, inshoot va obyektlar

egalari mablagʻlari

Loyiha tashkiloti- “Oʻzshaharsozlik-LITI” DUK, “Oʻzsuvloyiha” AJ

Qurilish-montaj ishlari bilan parallel ravishda

30-noyabrgacha

3.

Daryo suvini bir meʼyorda taqsimlash imkonini beradigan (yon devorlari va tubi) betonlangan oʻzan va koʻpriklarni barpo etish

Investitsiya dasturi doirasida

“Uzundavsuvmaxsus-pudrat” DUK

2016-yil

1-iyul

II. Tashqi muhandislik kommunikatsiyalarini qurish

4.

Markaz hududini elektr energiyasi bilan taʼminlash (yuqori kuchlanishli tizimi va transformator punktini qurish, past kuchlanishli kabel tarmoqlarini oʻtkazish).

“Oʻzbekenergo” AJ mablagʻlari (Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-dekabrdagi 294-son qarori bilan tasdiqlangan dastur doirasida)

MK-6 korxonasi

2015-yil

25-dekabr

5.

Obyektlar uchun tashqi gaz tarmoqlari qurish.

“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi oʻz mablagʻlari

“Oʻztransgaz” AK tizimidagi tashkilotlar

2015-yil

25-dekabr

6.

Hududni ichimlik suv va oqova suvlar (kanalizatsiya) tizimi bilan taʼminlash hamda kanalizatsiya nasos stansiyasi qurish.

Investitsiya dasturi doirasida

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

10-mart

III. Sport-sogʻlomlashtirish hamda maʼnaviyat va maʼrifat obyektlarini qurish

7.

25 x 12 oʻlchamli yopiq suzish havzasini tegishli infratuzilma inshootlari bilan qurish.

Bolalar sportini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

10-iyun

8.

200 oʻrinli bolalar sogʻlomlashtirish oromgohi va sogʻlomlashtirish markazi qurish.

Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi mablagʻlari

“Kasaba qurilish ta'mir” korxonasi

2016-yil

20-dekabr

9.

Quyidagi ochiq sport maydonchalarini qurish:

4 ta kichik (mini) futbol maydoni;

2 ta voleybol maydoni;

2 ta basketbol maydoni;

2 ta qum qoplamali tennis korti;

2 ta maxsus “xard” qoplamali tennis korti;

ochiq suzish havzalari.

Mahalliy budjet mablagʻlari, jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

Tadbirkorlar yoki “Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

20-may

10.

“At-Termiziy nomidagi” Axborot-resurs markazi binosini qurish va unga aloqa-kommunikatsiya tarmoqlarini oʻtkazish.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi tashkilotlar mablagʻlari

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

20-may

11.

Infratuzilma binolarini qurish (mahalla fuqarolar yigʻini binosi, militsiya tayanch punkti, tibbiyot punkti).

Respublika “Mahalla” xayriya jamoat fondi mablagʻlari

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

20-may

IV. Bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish

12.

Umumiy ovqatlanish va savdo shoxobchalari (restoran, kafe, choyxona, yozgi salqin ichimliklar, muzqaymoq doʻkonlari) hamda boshqa bozor infratuzilmasi obyektlarini qurish.

Xususiy tadbirkorlik subyektlari mablagʻlari

Tadbirkor yoki

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

25-iyul

13.

Kichik non tayyorlash sexi (non sotish shoxobchasi bilan) qurish.

“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi mablagʻlari

“Profgrupp” MChJ

2016-yil

20-iyul

V. Tashqi qurilmalar obyektlarini qurish va obodonlashtirish ishlarini bajarish

14.

Sport-sogʻlomlashtirish markaziga kirish qismlarini qurish hamda uning hududini metall panjaralar bilan oʻrash.

Termiz davlat universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2015-yil

30-dekabr

15.

Sport-sogʻlomlashtirish markaziga kirish qismlari yonida avtomobil turar joylari qurish.

Jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

10-avgust

16.

Tashqi qurilmalar va kichik arxitektura shakllari:

yozgi axborot markazi;

yozgi ayvonchalar;

hojatxonalar;

favvoralar;

skameykalar, urnalar va b.

Termiz davlat universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

10-iyul

17.

Hududni obodonlashtirish:

asosiy yoʻllar;

sayr yoʻlakchalari;

tashqi yoritish tizimlari;

yomgʻirlatib sugʻorish tizimlari;

hududni koʻkalamzorlashtirish.

Termiz davlat universitetining budjetdan tashqari mablagʻlari, Oliy taʼlim muassasalarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar

“Gʻaffor” xususiy korxonasi

2016-yil

20-iyul

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Obyektlarga biriktirilgan pudrat tashkilotlari tomonidan ishlar sust yoki sifatsiz darajada olib borilgan taqdirda Surxondaryo viloyati hokimligi va Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tegishli vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda, mazkur obyektlarga pudrat tashkilotlarini tender savdolari oʻtkazmasdan, eng maqbul taklif tanlovi orqali tanlab biriktirishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 45-son, 576-modda; 2016-y., 25-son, 305-modda)