Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasining referendumini oʻtkazish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
I. 2002-yil 27-yanvar, yakshanba kuni Oʻzbekiston Respublikasining referendumi oʻtkazilsin.
II. Referendumda ovoz berish byulleteniga quyidagi mazmundagi savollar kiritilsin:
“1. Siz kelgusi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi parlamenti ikki palatali qilib saylanishiga rozimisiz?
2. Siz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddatini besh yildan yetti yillik qilib oʻzgartirishga rozimisiz?”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2001-yil 6-dekabr,
304-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 4-modda)