Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining:
2002-yil 22-oktabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2002-yil 18-noyabrda qabul qilingan “A. R. Muhamedovni Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman) oʻrinbosari vazifasidan ozod qilish toʻgʻrisida”gi;
2002-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil toʻqqiz oyidagi ijrosi toʻgʻrisida”gi;
2002-yil 11-dekabrda qabul qilingan “Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi boʻyicha Komissiya tarkibiga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi qarorlari tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 13-dekabr,
453-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 12-son, 226-modda)