Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining ayrim qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining:
2002-yil 20-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2001-yil yuzasidan hisoboti toʻgʻrisida”gi;
2002-yil 16-iyulda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartirish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2002-yil 29-iyulda qabul qilingan “Viloyatga boʻysunuvchi ayrim shaharlarni tumanga boʻysunuvchi shaharlar toifasiga oʻtkazish toʻgʻrisida”gi qarorlari tasdiqlansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2002-yil 30-avgust,
407-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 167-modda)