29.08.2002 yildagi 394-II-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taʼkidlab oʻtilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yil birinchi yarim yilligidagi daromadlari 100,5 foiz qilib bajarildi, ayni paytda budjet taqchilligi yalpi ichki mahsulotga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tasdiqlagan 2,0 foiz oʻrniga 0,9 foizni tashkil etdi va u, asosan, pulning qadrsizlanishiga taalluqli boʻlmagan manbalar hisobidan qoplandi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi makroiqtisodiy va moliyaviy siyosat yanada erkinlashtirilishini, xalqaro moliya institutlari bilan tuzilgan kelishuvlarning amalga oshirilishini, Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini aniq yoʻnaltirilgan tarzda qoʻllab-quvvatlashning 2002-2003-yillarga moʻljallangan dasturi bajarilishini, samarali investitsiya siyosati oʻtkazilishini, gumanitar va umumtaʼlim dasturlari ustuvor moliyalashtirilishini taʼminlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mahalliy davlat hokimiyati organlari budjetga toʻlovlar toʻliq tushishini, mahalliy budjetlardan qilingan xarajatlar oʻz vaqtida moliyalashtirilishini va budjet mablagʻlaridan oqilona va samarali foydalanish borasida zarur tartib oʻrnatilishini taʼminlasinlar, bunda davlat xarajatlarini qisqartirishga, moliyalashtirishning markazlashtirilgan manbalari hisobidan obyektlar qurishning maqsadga muvofiqligi va zarurligiga, mahalliy xomashyoni chuqur qayta ishlashga qaratilgan samarador loyihalarni moliyalashtirishga, bozorni Oʻzbekiston Resblikasida ishlab chiqarilgan sifatli xalq isteʼmoli mollari bilan boyitishga hamda pullik xizmat koʻrsatishning soha va turini kengaytirishga alohida eʼtibor bersinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2002-yil 29-avgust,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 155-modda)