Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
buyrugʻi
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 6-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1963-1]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2025-yil 12-martdagi 86-sonli ““Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1963-4, 25.03.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-yanvardagi 3-son “Vazirlar Mahkamasining “Oliy taʼlimning Davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2001-yil 16-avgustdagi 343-son qaroriga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2009-yil 22-maydagi 160-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 1963, 2009-yil 5-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 23-son, 267-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2015-yil 26-oktabr,
8-2015-son
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2015-yil 26-oktabrdagi 8-2015-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 5-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakuniy davlat attestatsiyasi taʼlim yoʻnalishi (mutaxassisligi) oʻquv rejalariga muvofiq quyidagi turlardagi bir yoki bir necha attestatsiya sinovlaridan iborat:”.
2. 8-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlari oʻquv jarayoni jadvalida koʻrsatilgan muddatlarda oʻtkaziladi. Magistrlik dissertatsiyasini rasmiy himoya qilish kuni oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlangan jadval asosida belgilanadi.”.
3. 9-banddan “(magistrlik dissertatsiyasini)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
4. 14-banddagi “oʻzini-oʻzi” degan soʻzlar “oʻzini oʻzi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 17-banddagi “yozma” degan soʻz “yozma, test” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
6. 18-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Yakuniy davlat attestatsiyasiga tegishli oʻquv reja va fan dasturlarini toʻliq tugatgan va oʻquv rejasida nazarda tutilgan barcha sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtgan talabalar qoʻyiladi.”.
7. 23-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“23. Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan (attestatsiya sinovlari turlarining biri boʻyicha) oʻta olmagan shaxs oʻqish muddati tugagandan soʻng, uch yil ichida arizasiga muvofiq tegishli sinovni (oʻta olmagan attestatsiya sinovlarining har bir turi boʻyicha bir marta) qayta topshirish huquqiga ega. Bunda oliy taʼlim muassasasi rektori (direktori) shaxsni yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini qayta topshirishga qoʻyish boʻyicha buyruq chiqarishi lozim.
Muddatli harbiy xizmatda boʻlgan vaqt, uch yoshga toʻlgunga qadar bolani parvarishlash uchun beriladigan taʼtil vaqti mazkur uch yillik muddatga kirmaydi.
Yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlaridan ikkinchi marta ham oʻta olmagan yoki uch yil ichida yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlarini qayta topshirish uchun murojaat qilmagan shaxsga sinovlarni qayta topshirish uchun ruxsat berish masalasi uning arizasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan hal etiladi.”.
8. 31-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
9. Mazkur oʻzgartirishlar “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK, Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan kelishilgan.
“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi A. RAMATOV
2015-yil 23-oktabr,
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
2015-yil 23-oktabr,
Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi A. NURIDINOV
2015-yil 23-oktabr,
“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK bosh direktori Q. SANAQULOV
2015-yil 23-oktabr,
Xalq taʼlimi vaziri U. INOYATOV
2015-yil 23-oktabr,
Sogʻliqni saqlash vaziri A. ALIMOV
2015-yil 23-oktabr,
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Sh. TESHAYEV
2015-yil 23-oktabr,
Madaniyat va sport ishlari vaziri B. AXMEDOV
2015-yil 23-oktabr,
Tashqi ishlar vaziri A. KAMILOV
2015-yil 23-oktabr,
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori J. ISMAILOV
2015-yil 23-oktabr,
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri X. MIRZAXIDOV
2015-yil 23-oktabr,
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 571-modda)