02.11.2015 yildagi 309-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.11.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2015 — 2019-yillarda iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya sigʻimini qisqartirish, energiya tejaydigan texnologiyalarni joriy etish chora-tadbirlari Dasturi toʻgʻrisida” 2015-yil 5-maydagi PQ-2343-son qaroriga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish loyihalari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. 2018-yil 1-yanvardan boshlab elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan mos boʻlgan zamonaviy elektron hisobga olish priborlari bilan jihozlanmagan xoʻjalik yurituvchi subyektlarga — yuridik shaxslarga elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish taqiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Belgilansinki, xoʻjalik yurituvchi subyektlarni — yuridik shaxslarni tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimiga mos boʻlgan zamonaviy elektron hisobga olish priborlari bilan jihozlash ularning oʻz mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Oʻzbekenergo” aksiyadorlik jamiyati va “Oʻztransgaz” aksiyadorlik jamiyati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Oʻzstandart” agentligi bilan birgalikda elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolchilarida oʻrnatiladigan elektr energiyasi va tabiiy gaz isteʼmolini hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi bilan mos boʻlgan zamonaviy elektron hisobga olish priborlariga qoʻyiladigan yagona texnik talablar 2017-yil 1-yanvargacha boʻlgan muddatda belgilangan tartibda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda ushbu qarorning maqsadlari va mohiyati ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan elektron ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini taʼminlasinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi isteʼmolini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 5-iyundagi 150-son qarori 8-bandining oltinchi xatboshidagi “2019” raqamlari “2018” raqamlari bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari Gʻ.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 2-noyabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 44-son, 562-modda)