Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti loyihasi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjetining Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan loyihasini koʻrib chiqib, Oliy Majlisning Budjet, bank va moliya masalalari qoʻmitasi hamda fraksiyalari va bloklari takliflarini inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yilgi Davlat budjeti loyihasi maʼqullansin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 10-dekabr,
550-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 11-12-son, 195-modda)