Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Kengashining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yildagi ijrosi toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yildagi ijrosi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan hisobotni koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Kengashi qaror qiladi:
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2002-yildagi ijrosi toʻgʻrisidagi hisobot maʼqullansin va u Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining oʻn birinchi sessiyasi muhokamasiga kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisi E. XALILOV
Toshkent sh.,
2003-yil 23-aprel,
467/2-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-y., 3-4-son, 62-modda)