Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining qarorlarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining quyidagi qarorlari tasdiqlansin:
2012-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining Qirgʻiz Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor Elchisi lavozimiga tayinlash toʻgʻrisida”gi;
2013-yil 5-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi;
2013-yil 5-martda qabul qilingan “Agrar, suv xoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitasi aʼzosi M. Musayev toʻgʻrisida”gi;
2013-yil 5-martda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining mahalliy hokimiyat vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasi toʻgʻrisida”gi qarorining 1 va 2-ilovalariga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi;
2013-yil 27-martda qabul qilingan “Fan, taʼlim, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan 2012-yilda ish oʻrinlari tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash dasturining mamlakat mintaqalarida ijro etilishi toʻgʻrisida” parlament eshituvi yakunlari haqidagi axboroti toʻgʻrisida”gi;
2013-yil 27-martda qabul qilingan “Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi tarkibiga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida”gi.
2. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 29-mart,
SQ-378-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 3-son, 68-modda)