Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
“Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi Gʻ.I. Ibrohimovga “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining innovatsion faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi haqida
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunining 12-moddasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi Gʻ.I. Ibrohimovga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasidagi Oʻzbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi fraksiyasining aʼzolari A. Abdunazarov, Z. Botirova va X. Mamatov tomonidan kiritilgan “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining innovatsion faoliyati toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining parlament soʻrovi qabul qilinsin.
2. Ushbu qaror va koʻrsatilgan parlament soʻrovi “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi raisi Gʻ.I. Ibrohimovga yuborilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2009-yil 8-oktabr,
1079-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 10-son, 387-modda)