Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A. Ishmatovning “Oʻzbekistonda axborot-kutubxona tizimining hozirgi holati va istiqbollari toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi Respublika axborot-kutubxona markazi direktori A. Ishmatovning “Oʻzbekistonda axborot-kutubxona tizimining hozirgi holati va istiqbollari toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari masalalari qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari bilan birgalikda oʻz saʼy-harakatlarini Oʻzbekistonda axborot kutubxonalarini rivojlantirish boʻyicha belgilangan chora-tadbirlarni soʻzsiz bajarishga va axborot-kutubxona tizimi faoliyatini normativ jihatdan taʼminlashga qaratsinlar.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2009-yil 17-sentabr,
1069-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 9-son, 344-modda)