Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining
Qarori
Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 69-moddasiga, shuningdek “Oʻzbekiston Respublikasida maʼmuriy-hududiy tuzilish masalalarini hal etish tartibi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 2, 5, 9 va 10-moddalariga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining taklifini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining “Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritish toʻgʻrisida”gi 2013-yil 29-yanvardagi 607-II-sonli qarori maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Qoraqalpogʻiston Respublikasining Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani hududlarini birlashtirish hamda Taxiatosh shahrini tuman boʻysunuvidagi shaharlar turkumiga kiritishga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarkibida Taxiatosh shahri va Xoʻjayli tumani negizida Xoʻjayli tumanini tashkil etish hamda Xoʻjayli shaharchasini Xoʻjayli tumanining maʼmuriy markazi etib belgilashga rozilik berilsin.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Raisi I. SOBIROV
Toshkent sh.,
2013-yil 28-mart,
SQ-371-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2013-y., 3-son, 62-modda)