30.09.2015 yildagi 286-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 30.09.2015 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik subyektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yoʻlidagi toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 47-moddasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini xoʻjalik sudlari amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2002-yil 4-martdagi 103-sonli qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“9. Qonun 21-moddasining ikkinchi qismiga koʻra taraflar xoʻjalik shartnomalarini tuzish uchun xoʻjalik yurituvchi subyektlar yuridik xizmatining yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasini olishga haqli”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
II. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Agar kassatsiya instansiyasi sudi ish holatlari taqdim etilgan dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganish asosida aniqlanganligini, ammo sudning xulosalari bu holatlarga mos emasligini, shuningdek ishni birinchi va apellatsiya instansiyasi sudlarida koʻrishda ishning holatlari toʻliq aniqlanmaganligini va shu munosabat bilan hal qiluv qarori, qaror yetarlicha asoslanmaganligini aniqlasa, kassatsiya instansiyasi sudi hal qiluv qarorini, qarorni bekor qiladi hamda yangi qaror qabul qiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 15.1-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15.1. Kassatsiya instansiyasi sudi XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan hollardagina hal qiluv qarori (qaror)ni bekor qilish hamda ishni yangidan koʻrish uchun birinchi yoki apellatsiya instansiyasi sudiga yuborishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar eʼtiborga olishlari kerakki, mazkur modda uchinchi qismining 9-bandida nazarda tutilgan arz qilingan talab boʻyicha qarorning qabul qilinmaganligiga daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish toʻgʻrisidagi arizalarda, qarshi daʼvo arizada koʻrsatilgan talablar boʻyicha hal qiluv qarori va (yoki) qarorning qabul qilinmaganligi ham kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslarning roʻyxati tugal hisoblanadi va uning kengaytirilgan tarzda talqin qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 15.2-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“15.2. Kassatsiya instansiyasi sudi daʼvo arizasini (arizani) qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, ish yuritishni tugatish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim (qaror)ni bekor qilgan taqdirda, XPK 172-moddasining uchinchi qismiga mos holda ish ajrim va (yoki) qaror bekor qilingan sud instansiyasiga koʻrish uchun oʻtkaziladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi mazmundagi 16.1-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“16.1. Moddiy hamda protsessual huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi (XPK 188-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bundan mustasno) kassatsiya instansiyasi sudi tomonidan birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini yoki apellatsiya instansiyasi sudining qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilish, ish yuritishni tugatish yoki daʼvoni koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moddiy huquq normalarining notoʻgʻri qoʻllanilishi deb quyidagilar hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilishi lozim boʻlgan qonun hujjatlarining qoʻllanilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻllanilishi lozim boʻlmagan qonun hujjatlarining qoʻllanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz kuchini yoʻqotgan qonun hujjatlarining qoʻllanilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining notoʻgʻri talqin qilinganligi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida” 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xoʻjalik sudiga korporativ nizolar boʻyicha ishlar ham taalluqlidir. Bunday ishlar nizo vujudga kelgan huquqiy munosabatlar ishtirokchisi tashkilot yoki jismoniy shaxs boʻlishidan qatʼi nazar, faqat xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi. Bundan mehnatga oid nizolar, shuningdek xoʻjalik jamiyatlari va shirkatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) aksiyalarni, ulushlarni, kooperativlar aʼzolarining paylarini oʻz ichiga oluvchi meros mol-mulkni yoki er-xotinning umumiy mol-mulkini boʻlish bilan bogʻliq holda yuzaga keladigan nizolar mustasno”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar inobatga olishlari lozimki, XPKning 15519-moddasida koʻrsatilgan korporativ nizolarning roʻyxati tugal hisoblanmaydi. Shuning uchun nizoning ushbu moddada koʻrsatilmaganligini asos qilib, daʼvo arizasini qabul qilishni rad etishga yoki ish yuritishni tugatishga yoʻl qoʻyilmaydi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 81-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XPK 31-moddasining uchinchi qismiga muvofiq korporativ nizolar boʻyicha daʼvolar yuridik shaxs joylashgan joyda taqdim etiladi. Bunda shuni eʼtiborga olish lozimki, ushbu qoidada koʻrsatilgan yuridik shaxs deganda, nizo aynan qaysi yuridik shaxsning faoliyati yuzasidan kelib chiqqan boʻlsa, shu yuridik shaxs tushuniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlar inobatga olishlari lozimki, agar tadbirkorlik subyekti tomonidan berilgan daʼvo arizasida davlat organi, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi tomonidan noqonuniy hujjat qabul qilinganligi yoxud ularning mansabdor shaxslari tomonidan gʻayriqonuniy harakatlar (harakatsizlik) sodir etilganligi natijasida yetkazilgan zararni undirish talabi qoʻyilgan boʻlib, daʼvogar daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilgan boʻlsa, sud ushbu daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunday ariza bilan tadbirkorlik subyekti manfaatida daʼvo kiritgan vakolatli organlar murojaat qilganda ham sud daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti hisoblanmagan boshqa shaxslar tomonidan taqdim etilgan bunday arizalar umumiy tartibda koʻrib chiqiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi va uchinchi xatboshilar tegishincha beshinchi va oltinchi xatboshilar deb hisoblansin”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi jumlasidagi “ikkinchi” degan soʻz “uchinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“XPK 125-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan ishni koʻrib chiqish muddatini uzaytirish haqidagi qoida oʻn besh kundan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrilishi lozim boʻlgan ishlarga ham tatbiq etiladi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IV. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 26.3-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26.3. SK 330-moddasining 30-bandiga muvofiq mulkdorlar xususiy mulk huquqini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi toʻgʻrisida davlat organlari va boshqa organlarning, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish haqidagi ishlar yuzasidan davlat bojidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar eʼtiborga olishlari kerakki, ushbu imtiyoz faqat mulkdorlarning mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqini buzadigan davlat organlari va boshqa organlar, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga berilgan daʼvo arizalari boʻyicha qoʻllaniladi. Bunda mulkdor daʼvoni qanoatlantirish rad etilganda ham davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi. Daʼvo qanoatlantirilganda davlat boji SK 337-moddasining oʻninchi qismiga koʻra javobgardan (agar u davlat bojini toʻlashdan ozod etilmagan boʻlsa) davlat daromadiga undiriladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 26.4-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“26.4. Sudlarning eʼtibori SK 330-moddasining 31-bandiga koʻra huquqiy taʼsir choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha arizachi va javobgar davlat bojini toʻlashdan ozod qilinganligiga qaratilsin. Sud hujjatlari ustidan apellatsiya va kassatsiya shikoyatlari bilan murojaat qilinganda ham ularga nisbatan ushbu imtiyoz tatbiq etiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 28-bandning birinchi jumlasidagi “, shuningdek xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish organlari” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan bojxona haqidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2009-yil 24-apreldagi 197-sonli qarori quyidagi mazmundagi 19.1-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“19.1. “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 7-moddasi beshinchi qismining uchinchi xatboshisiga koʻra bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlari kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan, oʻz muddatida toʻlanmagan bojxona toʻlovlari va bunday toʻlovlarni toʻlash muddati oʻtkazib yuborilganligi uchun penya summalarini xoʻjalik yurituvchi subyektlardan soʻzsiz tartibda undirib olish toʻgʻrisidagi bojxona organlarining farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) bajaradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu munosabat bilan sudlar bojxona organlarining inkasso topshiriqnomalarini ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvo arizalarini koʻrayotganda mazkur inkasso topshiriqnomalari haqiqatdan ham “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 7-moddasi beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan summalarni undirish maqsadida qoʻyilganligini aniqlashlari kerak”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VI. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) quyidagi mazmundagi 25.1-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25.1. Sudlarga tushuntirilsinki, soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, har bir huquqbuzarlik uchun alohida jarima tayinlanib, soʻngra Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi qismiga asosan jarima tarzidagi moliyaviy sanksiyalar uncha ogʻir boʻlmagan moliyaviy sanksiyani ogʻirroq jarima bilan qamrab olish yoxud tayinlangan jarimalarni toʻliq yoki qisman qoʻshish orqali soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui boʻyicha qoʻllaniladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi mazmundagi 25.2-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25.2. Bir necha huquqbuzarlik sodir etilganligi uchun moliyaviy sanksiyalarni qoʻllashda davlat soliq xizmati organi tomonidan arizada qoʻllanilishi soʻralayotgan jarimalarning eng yuqori miqdori ogʻirroq jarima hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlar inobatga olishlari kerakki, uncha ogʻir boʻlmagan jarima ogʻirroq jarima bilan qamrab olinganda ogʻirroq jarima qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori jarimaning yuqori miqdori nazarda tutilgan huquqbuzarlik uchun belgilangan eng koʻp miqdoridan oshmasligi lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) quyidagi mazmundagi 25.3-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25.3. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan taqdirda, agar boshqa huquqbuzarliklar bilan bir qatorda Soliq kodeksi 119-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarlik ham mavjud boʻlsa va ushbu huquqbuzarlik uchun belgilangan moliyaviy jarima miqdori sodir etilgan boshqa huquqbuzarliklar uchun belgilangan moliyaviy jarima miqdoridan ogʻirroq boʻlsa, jarimaning uzil-kesil miqdori toʻliq yoki qisman qoʻshish yoʻli bilan aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori Soliq kodeksi 119-moddasining tegishli qismida nazarda tutilgan eng yuqori miqdoridan oshib ketishi mumkin emas, qisman qoʻshishda esa jarimaning uzil-kesil miqdori Soliq kodeksi 119-moddasining tegishli qismida nazarda tutilgan eng kam miqdordan kam boʻlmasligi kerak”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) quyidagi mazmundagi 25.4-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25.4. Sudlarga tushuntirilsinki, agar soliq toʻlovchi birinchi ish boʻyicha qaror chiqarilguniga qadar soliqqa oid yana boshqa huquqbuzarliklar sodir etganligi ish boʻyicha qaror chiqarilganidan soʻng aniqlansa, Soliq kodeksi 108-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha jarima qoʻllaniladi. Bu holda, sud tomonidan soliqqa oid huquqbuzarliklar majmui boʻyicha tayinlangan jarima miqdorida birinchi qaror boʻyicha toʻlangan jarimaning summasi hisobga olinadi va bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikkinchi huquqbuzarlik uchun birinchi ish boʻyicha tayinlangan jarimaga nisbatan ogʻirroq jarima nazarda tutilgan boʻlsa, sud ikkinchi ish boʻyicha moliyaviy sanksiyani ikkita sanksiya oʻrtasidagi farq summasi miqdorida qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ikkinchi huquqbuzarlik uchun birinchi ish boʻyicha tayinlangan jarimaga nisbatan yengilroq jarima nazarda tutilgan boʻlsa, sud ikkinchi ish boʻyicha moliyaviy sanksiyani qoʻllaydi, biroq, birinchi ish boʻyicha tayinlangan jarima ikkinchi huquqbuzarlik uchun nazarda tutilgan jarimani qamrab olganligi sababli qoʻllanilgan jarima undirilmaydi va bu haqda hal qiluv qarorida koʻrsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) quyidagi mazmundagi 35.1-band bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“35.1. Soliq kodeksi 112-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiya huquqbuzarlikning oqibatlariga nomutanosib boʻlgan, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlar aniqlangan taqdirda, shuningdek huquqbuzarning moddiy ahvolini inobatga olib, sud Soliq kodeksining 17-bobida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq, biroq belgilangan sanksiya eng kam miqdorining 25 foizidan kam boʻlmagan miqdorda, sabablar va asoslarni albatta koʻrsatgan holda moliyaviy sanksiya qoʻllashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda sudlarni eʼtibori moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq qoʻllash sudning huquqi ekanligiga qaratilsin. Ushbu huquqni amalga oshirishda sud qoʻllaniladigan moliyaviy sanksiya miqdorining sodir etilgan soliqqa oid huquqbuzarlik oqibatlariga mutanosibligini baholashi, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning mavjudligini aniqlashi, soliq toʻlovchining moddiy ahvolini hisobga olishi lozim. Bunda inobatga olish kerakki, javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning mavjudligi soliq toʻlovchi tomonidan isbotlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soliq kodeksi 111-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan javobgarlikni yengillashtiruvchi holatlarning roʻyxati tugal boʻlmaganligi bois, sud soliq toʻlovchi tomonidan soliqlarni muntazam ravishda toʻlab kelinganligini, soliqqa oid huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etilganligini, uning moliyaviy ahvoli ogʻirligini, moliyaviy sanksiyaning qoʻllanilishi oqibatida iqtisodiy nochor (bankrotlik) holatiga tushishi mumkinligini va soliq toʻlovchini ijobiy tavsiflovchi boshqa holatlarni yengillashtiruvchi deb hisoblashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudlarga tushuntirilsinki, agar soliq toʻlovchi tomonidan soliqqa oid bir necha huquqbuzarlik sodir etilgan boʻlib va moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq qoʻllash uchun asoslar mavjud boʻlsa, Soliq kodeksi 112-moddasining toʻrtinchi qismidagi qoida har bir modda yoki moddaning har bir qismi yoxud ularning ayrimlari boʻyicha alohida qoʻllanilishi mumkin. Bunda jarimaning uzil-kesil miqdori toʻliq qoʻshish yoʻli bilan aniqlanib, va u davlat soliq xizmati organi tomonidan arizada qoʻllanilishi soʻralayotgan jarimaning eng yuqori miqdoridan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Moliyaviy sanksiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida moliyaviy sanksiyaning eng kam darajasidan ham kamroq qoʻllanilishi sabablari va asoslari koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hal qiluv qarorining xulosa qismida har bir huquqbuzarlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan Soliq kodeksining tegishli moddasi, huquqbuzarlikning har biri boʻyicha Soliq kodeksi 112-moddasining toʻrtinchi qismi alohida qoʻllanilganligi va ushbu bandning toʻrtinchi xatboshida belgilangan qoida boʻyicha aniqlangan moliyaviy sanksiyaning uzil-kesil miqdori koʻrsatiladi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “ushbu moddaning ikkinchi qismiga” degan soʻzlar “ushbu moddaning uchinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagi mazmundagi ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qoʻzgʻatilgan maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi doirasida kirim qilinmagan tovarlar davlat daromadiga oʻtkazilgan taqdirda, Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan moliyaviy sanksiya qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar jinoyat ishlari boʻyicha sudning hukmi, ajrimi, qarori yoki hal qiluv qaroriga asosan kirim qilinmagan tovarlar yoʻq qilingan boʻlsa, Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan sanksiya qoʻllanilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu sababli, sudlar Soliq kodeksi 114-moddasining birinchi qismiga asosan moliyaviy sanksiya qoʻllashda ushbu ish maʼmuriy yoki jinoiy ish bilan bogʻliqligini aniqlashlari hamda sud hujjatlarida bayon etilgan holatlarga asoslanishlari lozim”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) 38.2-bandning birinchi xatboshisidagi “Soliq kodeksi 114-moddasining toʻrtinchi qismiga” degan soʻzlar “Soliq kodeksi 114-moddasining beshinchi qismiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) 43-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida” 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli qarorining 34-bandiga quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 330-moddasining 31-bandiga koʻra huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha arizachi va javobgar davlat bojini toʻlashdan ozod qilinadi”;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida” 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli qarorining 6-bandidagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli qarorining 2, 5 va 6-bandlari chiqarib tashlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida” 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli qaroriga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) 11-bandning birinchi xatboshisidagi “XPK 125-moddasining birinchi va ikkinchi qismlari” degan soʻzlar “XPK 125-moddasining birinchi-uchinchi qismlari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) 12-bandning birinchi, ikkinchi va uchinchi xatboshilaridagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) 13-band birinchi xatboshisining birinchi jumlasi “huquqiy taʼsir chorasini qoʻllash toʻgʻrisidagi ish” degan soʻzlardan keyin “hamda davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish, mansabdor shaxsning shunday harakatlarini (harakatsizligini) qonunga xilof deb topish toʻgʻrisidagi ish” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi xatboshisidagi “ikkinchi” degan soʻz “uchinchi” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi xatboshisidagi “birinchi qismida nazarda tutilgan bir oylik muddat” degan soʻzlar “birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan muddatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) 19-band ikkinchi jumlasidagi “bir oylik muddatdan” degan soʻzlar “muddatlardan” degan soʻz bilan almashtirilsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) 23.1-banddagi “oʻn” degan soʻz “besh” degan soʻz bilan almashtirilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi raisi K. KAMILOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oliy xoʻjalik sudi Plenumining kotibi, sudya K. DAVLETOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2015-yil 30-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-son