Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S.X. Nosirovning “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining bojxona imtiyozlarini chet ellik investorlar va tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻllashga doir qismining ijro etilishi toʻgʻrisida”gi axboroti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S.X. Nosirovning “Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining bojxona imtiyozlarini chet ellik investorlar va tadbirkorlik subyektlari uchun qoʻllashga doir qismining ijro etilishi toʻgʻrisida”gi axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli boʻlinmalari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻz saʼy-harakatlarini mamlakatimizda 2009 — 2012-yillarga moʻljallab qabul qilingan Inqirozga qarshi dasturni soʻzsiz amalga oshirishga hamda chet ellik investorlar va respublika tadbirkorlik subyektlari uchun xoʻjalik yuritishning qulay shart-sharoitlarini taʼminlash boʻyicha belgilangan choralarni bajarishga yoʻnaltirsinlar.
3. Ushbu qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2009-yil 29-aprel,
996-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 4-son, 151-modda)