Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2008-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2008-yildagi faoliyatini moliyalashtirish manbalari toʻgʻrisidagi hisoboti maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOShMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2009-yil 4-mart,
968-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2009-y., 3-son, 57-modda)