01.07.2014 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish toʻgʻrisidagi 2002-yil 3-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Bitimga hamda uning Bayonnomasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati va Shveysariya Federal Kengashi,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Shveysariya Federal Kengashi oʻrtasida daromad va kapitalning ikki yoqlama soliqqa tortilishini oldini olish toʻgʻrisidagi 2002-yil 3-aprelda Toshkent shahrida imzolangan Bitimga (keyingi oʻrinlarda “Bitim” deb nomlanadi) hamda uning Bayonnomasiga (keyingi oʻrinlarda “Bayonnoma” deb nomlanadi) oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida Bayonnoma tuzish istagida,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quyidagilar toʻgʻrisida kelishib oldilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yangi 25 bis-moddasi (Maʼlumotlar almashish) Bitimning 25-moddasidan keyin qoʻshilib, quyidagi tahrirda bayon etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“25 bis-modda
Maʼlumotlar almashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ahdlashuvchi Davlatlarning — vakolatli organlari ushbu Bitim qoidalarini bajarishga taalluqli yoki ushbu Bitim bilan qamrab olingan soliqlarga oid milliy qonunchilikni bajarish yoxud qoʻllash, Bitimga zid boʻlmagan tarzda soliqqa tortish bilan bogʻliq deb hisoblangan maʼlumotlarni almashadilar. Maʼlumot almashinuvi 1-modda bilan cheklanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ahdlashuvchi Davlat tomonidan mazkur moddaning 1-bandiga asosan olingan har qanday maʼlumot mazkur Davlatning milliy qonunchiligiga muvofiq olingan maʼlumot kabi maxfiy hisoblanadi hamda faqat ushbu moddaning 1-bandida qayd etilgan soliqlarni baholash yoki undirish, majburiy undirish yoxud sud taʼqibi yoki ushbu soliqlarga nisbatan daʼvolar boʻyicha qarorlar qabul qilish yoxud bunday faoliyatni nazorat qilish bilan shugʻullanuvchi shaxslar yoki organlargagina (jumladan, sudlar va maʼmuriy organlar) oshkor etilishi mumkin. Bunday shaxslar va organlar maʼlumotlardan faqat koʻrsatilgan maqsadlardagina foydalanadilar. Ular bunday maʼlumotni ochiq sud majlisida yoki sud qarorlarini qabul qilish chogʻida oshkor etishlari mumkin. Yuqoridagilardan qatʼi nazar, Ahdlashuvchi Davlat tomonidan olingan axborotdan, basharti bunday maʼlumot har ikki davlat qonunchiligiga muvofiq maqsadlarda foydalanishga ruxsat etilgan boʻlsa, hamda maʼlumotni taqdim etayotgan davlat vakolatli organining bunday foydalanishga roziligi mavjud boʻlsa, boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Har qanday holatda ham 1- va 2-bandlar qoidalari Ahdlashuvchi Davlatlarga quyidagi majburiyatlarni yuklaydigan tarzda talqin qilinmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki maʼmuriy amaliyotiga zid boʻlgan maʼmuriy tadbirlar oʻtkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) u yoki bu Ahdlashuvchi Davlatning qonunchiligi yoki odatdagi maʼmuriy amaliyotiga muvofiq olinishi mumkin boʻlmagan maʼlumotni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) har qanday savdo, tadbirkorlik, sanoat, tijorat, yoki kasb sirini yoxud savdo jarayonini oshkor qiluvchi, yoki oshkor etilishi davlat siyosatiga (ordre public) xilof hisoblangan maʼlumotni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Agar bir Ahdlashuvchi Davlat tomonidan ushbu modda qoidalariga muvofiq maʼlumot soʻralgan boʻlsa, boshqa Ahdlashuvchi Davlat oʻz soliq maqsadlari uchun bunday maʼlumotga ehtiyoj mavjud boʻlmasa ham, soʻralayotgan maʼlumotni yigʻish boʻyicha oʻzining imkoniyatlaridan foydalanishi lozim. Avvalgi jumlada nazarda tutilgan majburiyat 3-band qoidalariga muvofiq cheklanishi mumkin, biroq har qanday holatda ham, bunday cheklovlar ichki manfaatlar mavjud emasligi sababli maʼlumot taqdim etishni rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Har qanday holatda ham, 3-band qoidalari maʼlumot bank, boshqa moliyaviy muassasa, nominal egalik qiluvchi yoxud agent yoki ishonchli boshqaruvchi sifatida harakat qilayotgan shaxsning tasarrufida ekanligi yoki u aksiyadorlik kapitalidagi ulushga tegishli maʼlumot ekanligi sababli uni taqdim etishdan rad qilish uchun Ahdlashuvchi Davlatga ijozat beradigan tarzda talqin qilinmasligi lozim. Bunday maʼlumotni olish uchun Ahdlashuvchi Davlatning soliq idoralari, agar mazkur bandga asosan oʻz majburiyatlarini bajarish uchun talab etilayotgan boʻlsa, 3-band qoidalariga, yoki milliy qonunchiligiga zid kelishidan qatʼiy nazar, ushbu bandda qamrab olingan maʼlumotni oshkor etish huquqiga ega boʻlishlari lozim”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi yangi 5-band Bitim Bayonnomasiga kiritilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“5. Bitimning 25 bis-moddasiga (Maʼlumotlar almashish) tayangan holda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Kelishib olindiki, maʼlumot almashinuvi faqat soʻrayotgan Ahdlashuvchi Davlat oʻzining ichki soliqqa tortish protseduralariga binoan maʼlumot olishning boshqa barcha odatiy manbalaridan foydalanib boʻlganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) Kelishib olindiki, mazkur Bitimning 25 bis-moddasi (Maʼlumotlar almashish) qoidalariga muvofiq maʼlumot taqdim etish toʻgʻrisidagi soʻrovnomani yuborish chogʻida soʻrayotgan Davlatning soliq idoralari soʻralayotgan Davlatga quyidagi maʼlumotlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(i) tekshirilayotgan yoki tergov olib borilayotgan kishining shaxsiga doir maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(ii) maʼlumot soʻralayotgan davrning oraligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iii) soʻralayotgan maʼlumot toʻgʻrisida ariza, shu jumladan, soʻrayotgan Davlat soʻralayotgan Davlatdan uni qanday mazmunda va shaklda taqdim etilishini koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(iv) maʼlumot talab etilayotgan soliq maqsadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(v) maʼlum darajada, soʻralayotgan maʼlumotga egaligi taxmin qilinayotgan shaxsning nomi va manzili.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
c) Kelishib olindiki, “aloqador boʻlishlik” mezoni soliqqa tortishga oid maʼlumot almashinuviga imkon qadar kengroq erishish maqsadini koʻzda tutadi, ayni chogʻda, Ahdlashuvchi Davlatlar tasodifiy xususiyatga ega (fishing expeditions), yoki muayyan soliq toʻlovchining faoliyatiga bogʻliq boʻlmagan soʻrovnomalar yuborish huquqiga ega emasliklarini tushuntirish uchun xizmat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biroq (b) kichik bandi tasodifiy xususiyatga ega (fishing expeditions) soʻrovnomalarning oldini olishga qaratilgan muhim protsedura talablari joy olgan boʻlsada, shunga qaramay, (b) kichik bandining (i) dan (v) gacha boʻlgan qoidalari samarali maʼlumot almashinuvini buzadigan tarzda talqin etilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) Kelishib olindiki, Bitimning 25 bis-moddasi (Maʼlumotlar almashish) Ahdlashuvchi Davlatlardan avtomatik yoki tasodifiy asosda maʼlumot almashinuvini talab etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) Kelishib olindiki, maʼlumot almashish chogʻida soʻralayotgan Ahdlashuvchi Davlatda koʻzda tutilgan soliq toʻlovchining huquqlariga oid maʼmuriy protsedura qoidalari oʻz kuchini saqlaydi. Shuningdek, kelishib olindiki, ushbu qoidalar soliq toʻlovchi uchun adolatli protsedurani kafolatlashga qaratilgan, ammo bunday maʼlumot almashinuvi jarayonini asossiz toʻxtatish yoki kechiktirish uchun asos boʻla olmaydi”.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Har bir Ahdlashuvchi Davlat ushbu oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaning kuchga kirishi uchun oʻz qonunchiligiga muvofiq zarur protseduralarni bajarganligi toʻgʻrisida boshqa Ahdlashuvchi Davlatni diplomatik kanallar orqali xabardor qiladi. Oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma yuqorida koʻrsatilgan xabarnoma olingan sanadan boshlab kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomaning qoidalari Bitimning 25 bis-moddasiga (Maʼlumotlar almashish) muvofiq, tegishli moliyaviy yil yoki biznes yil uchun maʼlumot almashish toʻgʻrisida soʻrovnomalari mazkur oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnoma kuchga kirgan yildan keyingi kalendar yilning birinchi yanvaridan boshlab amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli tartibda oʻz hukumatlari tomonidan vakolatlangan quyida imzo chekuvchilar shunga guvohlik berib, ushbu oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisidagi Bayonnomani imzoladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bern shahrida 2014-yil 1-iyulda ikki nusxada, har biri oʻzbek, nemis va ingliz tillarida tuzildi, bunda barcha matnlar bir xil kuchga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbek va nemis tillaridagi matnlarni talqin etishda kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, ingliz tilidagi matn asos qilib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(imzolar)