Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
ISTEʼMOL TOVARLARI BILAN ULGURJI VA ChAKANA SAVDO QILIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Tovar aylanishini hisobga olishni tartibga solish va naqd pulning bank muassasalariga tushishini taʼminlash, emissiyani qisqartirish va naqd pulning bankdan tashqari muomalada boʻlishiga qarshi kurashni kuchaytirish, shuningdek isteʼmol tovarlariga chakana narxlarning asossiz ravishda oʻsishini toʻxtatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklariga ular savdo korxonalari va tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilishi va ularning schyotlarini ochilishini zarur darajada nazorat qilmayotganligi, natijada chakana narxlarni sunʼiy ravishda koʻtarayotgan savdo-vositachilik tuzilmalari tashkil etilayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilab qoʻyilsinki:
yuridik shaxslar tomonidan oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni boshqa yuridik shaxslarga, maxsus isteʼmolchilarga va ijtimoiy soha muassasalariga, shuningdek yakka tartibdagi tadbirkorlarga sotish faqat naqd pulsiz hisob-kitob boʻyicha amalga oshiriladi;
yuridik shaxslar — isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchilar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni chakana sotishni oʻz firma doʻkonlari, shu jumladan ishlab chiqarish joyida tashkil etilgan oʻz firma doʻkonlari yoki oʻzlariga tegishli boʻlgan yoxud belgilangan tartibda ijaraga olingan turgʻun savdo shoxobchalari orqali, faqat belgilangan namunalardagi nazorat-kassa mashinalaridan, toʻlovlarni plastik kartochkalar boʻyicha qabul qilish hisob-kitob terminallaridan foydalangan holda amalga oshirishlari mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 27-apreldagi 119-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 17-son, 170-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
3. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda:
tovarlarni mayda ulgurji sotish tartibi va normativlarini;
ulgurji bozorlarda yuridik shaxslar va yakka tartibda savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotish tartibini, bunda tovarlarni mayda ulgurji sotish bilan yakka tartibda shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga soliq solish, ulgurji va mayda ulgurji operatsiyalardan olinadigan tushumni hisobga olish va topshirish xususiyatlarini nazarda tutgan holda, ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
chakana va ulgurji savdo bozorlarini oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari yoʻnalishlari boʻyicha ajratish;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda hamma joyda kassa apparatlari oʻrnatishni va ulardan foydalanishni nazarda tutgan holda ulgurji buyum bozorlarida tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlari aylanishini hisobga olish uchun shart-sharoitlar yaratish;
vakolatli tijorat banklari bilan birgalikda ulgurji bozorlarda tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotishdan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan naqd pul tushumini qabul qilish punktlari tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
5. Mazkur qarorda koʻrsatilgan chora-tadbirlarga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy soliq organlarining birinchi rahbarlariga yuklansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 19-mart,
125-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 3-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2011-y., 17-son, 170-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)