Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022 19.03.1999 yildagi 125-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.08.2022
Hujjat 19.03.1999 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ISTEʼMOL TOVARLARI BILAN ULGURJI VA ChAKANA SAVDO QILIShNI TARTIBGA SOLIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 22-avgustdagi 471-sonli “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq toʻlovchilarning soliq majburiyatlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan foydalanishni tartibga solish toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar aylanishini hisobga olishni tartibga solish va naqd pulning bank muassasalariga tushishini taʼminlash, emissiyani qisqartirish va naqd pulning bankdan tashqari muomalada boʻlishiga qarshi kurashni kuchaytirish, shuningdek isteʼmol tovarlariga chakana narxlarning asossiz ravishda oʻsishini toʻxtatish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qapop qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, tijorat banklariga ular savdo korxonalari va tashkilotlari roʻyxatdan oʻtkazilishi va ularning schyotlarini ochilishini zarur darajada nazorat qilmayotganligi, natijada chakana narxlarni sunʼiy ravishda koʻtarayotgan savdo-vositachilik tuzilmalari tashkil etilayotganligi koʻrsatib oʻtilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki, 1999-yil 1-apreldan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji savdo bilan shugʻullanish huquqiga moddiy-texnika bazasiga ega boʻlgan, tovarlarni chakana savdo korxonalariga berish uchun ularning turkumlari saqlanishi, tanlanishi, navlarga ajratilishi va turkumlanishini taʼminlaydigan yuridik shaxslar ega boʻladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar (tovar ishlab chiqaruvchi korxonalar va ularni ulgurji yetkazib beruvchilar) tomonidan tovarlar belgilangan namunadagi kassa apparatlari bilan jihozlangan turgʻun ulgurji yoki chakana savdo shoxobchasiga ega boʻlgan yuridik shaxslarga, shuningdek maxsus isteʼmolchilarga, davlat taʼminoti muassasalariga, davlat taʼminoti muassasalarini taʼminlash boʻyicha ixtisoslashtirilgan savdo firmalariga va tovarlardan oʻz ishlab chiqarish faoliyati uchun foydalanuvchi korxonalarga faqat naqd pulsiz hisob-kitob qilgan holda ulgurji sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarga tovarlar ular yuridik shaxs boʻlmasdan tadbirkorlar sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan va turgʻun chakana savdo qilish uchun shart-sharoitlar mavjud boʻlgan taqdirda mayda turkumlar bilan naqd pulsiz hisob-kitob qilgan holda ulgurji sotiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni ulgurji savdo korxonalaridan, shuningdek ulgurji-chakana savdo korxonalarining bevosita ulgurji savdo bazalari va omborlaridan chakana sotishga yoʻl qoʻyilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji-chakana savdo korxonalari tovarlarni belgilangan namunadagi kassa apparatlari bilan jihozlangan oʻzlarining turgʻun chakana savdo shoxobchasi orqali sotish huquqiga ega boʻladilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, chakana savdo korxonalari tovarlarni ulgurji sotish, shu jumladan naqd pulsiz hisob-kitob qilgan holda sotish huquqiga ega emaslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
isteʼmol tovarlarini ishlab chiqaruvchi korxonalar oʻzlari ishlab chiqargan tovarlarni oʻz doʻkonlari orqali faqat belgilangan namunadagi nazorat-kassa apparatlaridan foydalangan holda chakana, naqd pulsiz hisob-kitob qilgan holda esa mayda ulgurji sotishlari mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining Isteʼmol bozori kompleksi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi, Moliya vazirligi huzuridagi Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi, Adliya vazirligi bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni mayda ulgurji sotish tartibi va normativlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ulgurji bozorlarda yuridik shaxslar va yakka tartibda savdo faoliyati bilan shugʻullanuvchi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotish tartibini, bunda tovarlarni mayda ulgurji sotish bilan yakka tartibda shugʻullanuvchi jismoniy shaxslarni roʻyxatdan oʻtkazish, ularga soliq solish, ulgurji va mayda ulgurji operatsiyalardan olinadigan tushumni hisobga olish va topshirish xususiyatlarini nazarda tutgan holda, ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chakana va ulgurji savdo bozorlarini oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari yoʻnalishlari boʻyicha ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda hamma joyda kassa apparatlari oʻrnatishni va ulardan foydalanishni nazarda tutgan holda ulgurji buyum bozorlarida tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotish bilan shugʻullanuvchi jismoniy va yuridik shaxslarning tovarlari aylanishini hisobga olish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli tijorat banklari bilan birgalikda ulgurji bozorlarda tovarlarni ulgurji va mayda ulgurji sotishdan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan olinadigan naqd pul tushumini qabul qilish punktlari tashkil etish chora-tadbirlarini koʻrsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorda koʻrsatilgan chora-tadbirlarga rioya etilishi uchun shaxsiy javobgarlik Davlat soliq qoʻmitasi va hududiy soliq organlarining birinchi rahbarlariga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosari M.Z. Usmonov, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 19-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 3-son, 14-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2003-y., 20-son, 187-modda; 2006-y., 20-21-son, 181-modda; 2011-y., 17-son, 170-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.03.2019-y., 09/19/201/2731-son, 23.11.2019-y., 09/19/943/4066-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)