Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
OʻTA ZARARLI VA OʻTA OGʻIR MEHNAT ShAROITLARIDA IShLAYoTGAN AYoLLARNING DAROMADIGA IMTIYoZLI SOLIQ SOLISh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 17-iyundagi 168-sonli “Soliq imtiyozlari tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish va baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ogʻir ishlarda ishlayotgan ayollarning daromadlari darajasini oshirish, ularning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. 1999-yil 1-apreldan boshlab Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va koʻrsatkichlar 1-roʻyxatining III qismida va 2-roʻyxatning I qismida koʻrsatilgan oʻta zararli va oʻta ogʻir mehnat sharoitlarida ishlayotgan ayollarning daromadiga soliq solish boʻyicha qoʻshimcha imtiyozlar belgilansin, ularning daromadlariga soliq solish darajasi 20 foizdan yuqori boʻlmasligi belgilab qoʻyilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi daromad soligʻi mazkur qarorga muvofiq toʻgʻri hisoblab chiqilishi va toʻlanishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
4. Vazirliklar va idoralar idoraviy meʼyoriy hujjatlarni mazkur qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir oʻrinbosarlari B.S. Hamidov va D.M. Gʻulomova zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 17-mart,
117-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1999-y., 3-son, 13-modda)