Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 15.03.1999 yildagi 113-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
FUQAROLARNING HAYOTI VA SOGʻLIGʻIGA QARShI QARATILGAN JINOYATLARNING OLDINI OLISh YuZASIDAN QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, ularning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini jinoyatkorona tajovuzlar va salbiy koʻrinishlardan himoya qilish yuzasidan aniq maqsadli chora-tadbirlar koʻrilmoqda. Koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida ogʻir jinoyatlar pasayishi sezilmoqda va ularning ochilishi darajasi oshmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga sodir etilgan jinoyatlarni oʻrganib chiqish fuqarolarning hayoti va sogʻligʻiga qarshi qaratilgan jinoyatlarning oldini olish va ularni ochishda nuqsonlar mavjudligini koʻrsatmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida jinoyatchilikni yanada pasaytirish hamda jinoyat sodir etishga va boshqa huquq buzishlarga moyil boʻlgan shaxslar bilan olib boriladigan profilaktika ishlarini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari va respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi bilan birgalikda bir oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaharlar va tumanlar hokimliklari huzurida — jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus komissiyalar tashkil etsinlar, komissiyalarga rahbarlik qilishni hokim oʻrinbosarlaridan biriga yuklasinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda — jamoat tartibini saqlashni taʼminlashda ichki ishlar organlariga koʻmaklashish uchun “Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari tashkil etsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish har bir organida — ilgari sudlangan, surunkali alkogolizmga chalingan va maishiy turmushda huquqni buzishlar sodir etishga moyil boʻlgan shaxslarga tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish uchun oqsoqollar, faxriylar, ayollar va yoshlardan, madaniyat va din vakillaridan iborat yarashtirish komissiyalari tuzsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov) shtatdagi xodimlarning mavjud sonini qayta taqsimlash hisobiga 1999-yil 1-maygacha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari va Toshkent shahar ichki ishlar Bosh boshqarmasining profilaktika xizmati tarkibida jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslar bilan ishlash boʻlinmalarini belgilangan tartibda tashkil etsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
takroriy jinoyatchilikning oldini olishni yaxshilash, tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish va ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslar xatti-harakatini tibbiy-psixologik oʻrganish uchun Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda har bir jazoni ijro etish muassasasi shtatiga psixolog lavozimini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Adliya vazirligi (Mirsafoyev), Mehnat vazirligi (Akbarov), respublika “Mahalla” xayriya jamgʻarmasi (Jalilov), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda ikki hafta muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hokimliklar huzuridagi jazoni oʻtash joylaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy-maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatish boʻyicha maxsus komissiyalar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Mahalla posboni” jamoat tuzilmalari toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari huzuridagi yarashtirish komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasiga (Xudoyqulov), vazirliklar va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar rahbarlari tomonidan ozodlikdan mahrum etish joylaridan ozod etilgan shaxslarga maishiy jihatdan va ishga joylashishda yordam koʻrsatishga hamda ularning hayotga moslashuviga qaratilgan qonun hujjatlari bajarilishi ustidan prokuror nazoratini kuchaytirish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Adliya vazirligi (Mirsafoyev) bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Xudoyqulov) bilan kelishgan holda “Ozodlikdan mahrum etish joylaridan boʻshatilgan shaxslar ustidan ichki ishlar idoralarining maʼmuriy nazorati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga alohida ogʻir jinoyatlar sodir etgan shaxslar jazoni oʻtagandan keyin ular ustidan majburiy nazorat belgilashga oid oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqidagi takliflarni bir oy muddatda tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Ichki ishlar vazirligi (Almatov), Adliya vazirligi (Mirsafoyev), Moliya vazirligi (Azimov), Mehnat vazirligi (Akbarov), Ijtimoiy taʼminot vazirligi (Obidov) bilan birgalikda, Oʻzbekiston Respublikasi Prokuraturasi (Xudoyqulov) va Oliy sudi (Mingboyev) bilan kelishgan holda 2000 — 2005-yillar davrida huquq buzishlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurash chora-tadbirlari davlat dasturini 1999-yil 1-oktabrgacha ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi (Nazirov) manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda surunkali alkogolizm va giyohvandlikka chalinganlarni davolash uchun ixtisoslashtirilgan tibbiy muassasalar tarmogʻini kengaytirish toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini 1999-yil 1-iyungacha belgilangan tartibda kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. “Oʻzteleradio” kompaniyasi (Koʻchimov) va Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi (Boliyev):
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
matbuot, radio va televideniye orqali jinoyatchilikka qarshi kurash va huquq buzishlarning oldini olish toʻgʻrisida axborot-tushuntirish ishlarini muntazam olib borsinlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Sud zalidan reportaj” doimiy ruknini tashkil etsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Oʻ.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1999-yil 15-mart,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-son