Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga moʻljallangan eng muhim ustuvor yoʻnalishlarga bagʻishlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzuyidagi maʼruzasi boʻyicha
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga moʻljallangan eng muhim ustuvor yoʻnalishlarga bagʻishlangan, 2011-yil 21-yanvarda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzuyidagi maʼruzasini muhokama qilib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi shuni taʼkidlaydiki, mamlakatimizni isloh etish va modernizatsiya qilish dasturini izchil roʻyobga chiqarish, mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning yuksak oʻsish surʼatlari va barqarorligi, muvaffaqiyatli tuzilmaviy oʻzgarishlar, moliya-bank tizimining ishonchliligi Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan islohotlar yoʻlining toʻgʻriligidan dalolat beradi. Oʻzbekistonning aholini ijtimoiy jihatdan ishonchli qoʻllab-quvvatlashni uygʻunlashtirgan holda mamlakatimizni modernizatsiya qilish yoʻlidan yanada olgʻa siljishini butun aholi maʼqullamoqda va bu yoʻl jahon jamoatchiligining eʼtirofiga sazovor boʻlmoqda.
Davlatimiz rahbari tomonidan qoʻyilgan vazifalarni samarali bajarish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan taklif etilgan mamlakatimizni rivojlantirish strategiyasini oʻz vaqtida huquqiy jihatdan taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2010-yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011-yilga moʻljallangan eng muhim ustuvor yoʻnalishlarga bagʻishlangan, 2011-yil 21-yanvarda boʻlib oʻtgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi “Barcha reja va dasturlarimiz Vatanimiz taraqqiyotini yuksaltirish, xalqimiz farovonligini oshirishga xizmat qiladi” mavzuyidagi maʼruzasida bayon etilgan asosiy qoidalar va xulosalar maʼqullansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qoʻmitalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisida belgilangan mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yoʻnalishlarini oʻz qonun ijodkorligi va nazorat-tahlil faoliyati rejalarida hisobga olsin;
tadbirlarni oʻtkazishda ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan normativ-huquqiy jihatdan tartibga solishning samaradorligini oshirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishga, 2011-yil Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili deb eʼlon qilinganligi munosabati bilan belgilangan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish borasida yuksak darajaga erishishga alohida eʼtibor qaratsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalari va Oʻzbekiston Ekologik harakatining deputatlar guruhiga oʻz faoliyatlarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning 2011-yil 21-yanvardagi hukumat majlisida soʻzlagan maʼruzasining eng muhim qoidalariga asoslanish tavsiya etilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputatlari saylovchilar bilan uchrashuvlar oʻtkazish davomida, shuningdek mamlakatimiz mintaqalaridagi boshqa tadbirlarda ishtirok etganda mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy sohada erishgan yutuqlari toʻgʻrisida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisi yakunlaridan kelib chiquvchi asosiy vazifalar haqida Xalq deputatlari mahalliy kengashlarining partiya guruhlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda keng tushuntirish ishlarini olib borsinlar.
5. Ushbu qarorning bajarilishi ustidan nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining oʻrinbosarlari zimmasiga yuklatilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri D. TOSHMUHAMEDOVA
Toshkent sh.,
2011-yil 27-yanvar,
240-II-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-y., 1-son, 3-modda)