Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi RAYoSATIning
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKINING USTAV FONDI MIQDORINI KOʻPAYTIRISh TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ustav fondini 100 milliard soʻmga yetkazishga doir iltimosini koʻrib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Rayosati qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ustav fondi 100 milliard soʻm miqdorida belgilansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining ustaviga tegishli oʻzgartish kiritilsin.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisining Oʻrinbosari E. XALILOV
Toshkent sh.,
1993-yil 27-dekabr,
984-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 1-son, 42-modda)